Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.11.2016

Toshkentlik haydovchilar yo‘lovchilarni manzilga bepul eltib qo‘yishyapti

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 44
Toshkentlik haydovchilar yo‘lovchilarni manzilga bepul eltib qo‘yishyapti

Toshkentda yaqinda ham issiq havo hukmronlik qilayotgandi. Havoning birdaniga sovib ketishi ko‘pchilikka noqulaylik tug‘dirdi. Ayniqsa, jamoat transportida ishga boradiganlarga bu yaqqol sezildi. Shu sababli Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari har kuni bir yo‘nalishda harakatlanadigan haydovchilarning yo‘lovchilarni ushbu yo‘nalish bo‘ylab bepul eltib qo‘yish tashabbusi bilan chiqdilar, deb yozadi Sof.uz.

«Darakchi» nashri. Haydovchilar ijtimoiy tarmoqdagi guruhda alohida postlar orqali o‘zlari har kuni harakatlanadigan yo‘llar haqida ma’lumot bera boshladi.

Yana bir haydovchi esa Telegram messenjeri orqali maxsus chat yaratdi.

«Tushunaman, sovuq havoda erta tongda avtobus kutish yoki taksi to‘xtatish hech kimga yoqmaydi. Ular kutib turish o‘rniga harakatlana boshlaydi»,—deb yozdi u.

Yana bir haydovchi #Insonlarni sovuqdan qutqaraman xeshtegi ostida Yakkasaroy tumani hududida yo‘lovchilarni manziliga bepul eltib qo‘yishini aytib, telefon raqamini qoldirdi. Natijada uning xizmatidan 14 nafar yo‘lovchi foydalandi va manziliga bepul etib oldi.

Uning bu xatti-harakati guruhning boshqa a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi:

«Besh daqiqadan so‘ng chiqib ketaman. Lisunova kinoteatridan Yunusobod tumanigacha bepul eltib qo‘yaman! Bepul».

«Bepul! Talabalar shaharchasidan  Beruniy,Tinchlik va Chilonzor metrosigacha eltib qo‘yaman».

«Har kuni soat 8:00 dan Bektemir tumanidagi postdan Vestministr universitetigacha bepul eltib qo‘yaman».

«Bepul! Shastri-O‘rikzor bozori. Chiqib ketish vaqti 9:30»

«Har kuni Darxon—Chilonzor savdo markazi yo‘nalishida qatnayman. Soat 9:00 da uydan chiqaman. Ushbu yo‘nalishda yo‘lovchilarni eltib qo‘yishim mumkin. Siz evaziga qiziq latifa aytib berishingiz kerak».

Izohlarda guruh ishtirokchilari jonkuyar haydovchilarga minnatdorchilik bildirib, ularga sog‘lik va omad tilamoqda.

«Bepul Uber. Baribir bizning xalqimiz eng mehribon xalq».

«Mehr dunyoni qutqaradi. Erkaklarimiz bilan faxrlanaman!».

«Erkaklarimizning sovuq kunlardagi g‘amxo‘rligi uchun rahmat. O‘zingizni ehtiyot qiling!!!», deyiladi tilak va minnatdorchiliklarda.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar