Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.11.2016

Sir Vival — eng xavfsiz va eng xunuk avtomobil

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 38
Sir Vival — eng xavfsiz va eng xunuk avtomobil

Xavfsiz avtomobil tayyorlashga bundan-da astoydil uringan injener topilmaca kerak. Uolter Jerom ismli amerikalik injener o‘ta xavfsiz mashina yasashga qattiq kirishib, dvigatel va salonni butunlay alohida ajratishga qaror qildi. Natijada Sir Vival nomli kelishmagan avtomobil yaraldi.

Mashinaning naqadar beso‘naqayligi, ayniqsa, Amerika avtomobillari ko‘rkamlasha boshlagan pallalarda, ya’ni 50-yillarning oxirlarida ko‘zga tashlanib turardi.

Mashina qanday buriladi? Ramaning uloq joyidagi kuchli shesternya rul vositasida buriladi. Harakatlanish vaqtida burilsa bo‘ladi, to‘xtab turganda burilish esa koni mashaqqat. Uch o‘rindiqli salon dvigateldan batamom ajratilgan. Orqa uzatmaliligi, ayniqsa, kuzov ikki bo‘lakligi uchun boshqaruvni qiyinlashtiradi.

Sir Vival — eng xavfsiz va eng xunuk avtomobil

Yo‘lovchilar salondagi orqa o‘rindiqda, haydovchi esa teparoqdagi “kuzatuv minorasi”da o‘tiradi. Mashina atrofi rezina bamper bilan o‘ralgan. Eshik orqaga surib ochiladi. Qisqasi, injener xavfsizlikning o‘ylab topish mumkin bo‘lgan barcha me’yorlarini hisobga olgan.

Ammo Jerom deganlari mashinasining o‘ta beso‘naqay va xunuk chiqishini hisobga olmagan. Ko‘p marta reklama qilinishiga qaramasdan birorta avtomobilsozlik kompaniyasi Sir Vival bilan qiziqib ko‘rmadi. 1964 yilgacha injener Jerom moliyachi topishga urindi, oxiri taqdirga tan berib, mashinani sotdi-qo‘ydi. Sir Vival hozir Massachusets shtatida.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar