Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.11.2016

Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 45
Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Yaponiya deganda avtomobil ishqibozlari darrov Toyota, Honda, Mazda, Nissan, Subaru, Suzuki, Infiniti, Lexus, Mitsubishi kabi avtobrendlarni eslaydi. Sersavlat Land Cruiserni-ku, aytmasak ham bo‘ladi. Ammo kunchiqar yurtliklarning o‘zi qaysi avtomobilda yuradi?

Yaponlar “Lend Krauzer”da yurmaydi

Bahaybat Toyota Land Cruiser yoki Mitsubishi Pajero avtomobillarini Yaponiya yo‘llarida kam uchratasiz. Yaponlar ularni beso‘naqay va serchiqim hisoblashadi. To‘g‘ri, tog‘li erlarda bu yo‘ltanlamaslar uchrab turadi. Yo‘l ta’mirlash va kommunal xizmat xodimlari yo‘ltanlamasda yuradi.

Cho‘ntagi qappayib qolgan fuqarolar darrov Gelaendewagen sotib oladi. Ayniqsa, ruli chap tomondagi versiyasining obro‘si baland. Mercedes-Maybach yoki Rolls-Royce limuzinlarini xarid qilganda ham boyvachchalar rul chap tomonda bo‘lishiga e’tibor qaratishadi. Hatto, chap rulli taksilar ham Yaponiyada qimmatroq haq oladi.

Yakudza mikroavtobusni afzal ko‘radi

Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Xorij filmlarida qora ko‘zoynakli mafiozlar savlat bilan mashinadan tushishini tomosha qilgansiz. Yapon mafiyasi vakillari uchun mashinadan tushish katta ahamiyatga ega. Mafiya bosslari limuzin yoki yo‘ltanlamasdan to‘g‘ri tushib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Ular mikroavtobusdan “tushishga o‘rgangan”, xususan, Toyota Alphard va Nissan Elgrand avtomobillariga o‘tirishni xush ko‘radi. Ammo oddiysi emas, saloniga charm va yog‘och qoplangan, tyuning-ateleda qo‘g‘irchoqdek yasatilgan mashinadan tushishga nima etsin.

Avtomobilingizni qaerga qo‘yasiz?

Yaponiyada avtomobil sotib olishdan uni qaerga qo‘yish masalasi ustunroq desak, ishonavering. Avtomobil xarid qilishdan avval qo‘ygani joy topishingiz kerak. Joy xonadoningizdan 1-2 km uzoqlikda bo‘ladi, qolaversa, mashinangiz unga sig‘ish-sig‘masligini politsiya tekshiradi. Mashinaga turarjoyni xarid qilish yo ijaraga olish bahosi bir xonali kvartiranikiga teng.

Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Bu boshlanishi xolos. Shaxsiy avtomobil qaerda qoldirilsa, cho‘ntak kavlanaveradi: hovlida, savdo markazida, turli muassasalarda va hokazo. Megapolislarda mashinalar uchun to‘la avtomatlashtirilgan ko‘pqavatli turargohlar qurilgan. Kirasolib mashina qoldiriladi, liftlar tizimi uni bo‘sh joyga o‘zi eltib qo‘yadi. Egasi qaytsa, qaytarib olib chiqadi.

Ko‘pchilik key-kar minadi

Key-kar haqida o‘tgan yili yozganmiz. Uzunligi 3,4 m, dvigateli ishchi hajmi 660 sm kubli mitti mashinalar 64 ot kuchiga egadir. Uning ko‘rsatkichlari qonunchilikda qat’iy belgilab qo‘yilgan. O‘lchamini tasavvur qildingizmi? O‘zimizning “Matiz”dan ancha kichkina.

Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Key-karlar ommalashib ketganligining sababi davlat bergan imtiyozlardir. Ko‘plab prefekturalarda mitti mashina xarid qilish uchun turargoh borligi haqidagi hujjat ko‘rsatish shart emas. Qolaversa, juda tejamkor mashina. Avtomobil aktsizi 5 emas 3 foiz. Sug‘urtalash narxi odatiy avtomobillardan 16 foizga arzon. Soliqlar va yo‘l yig‘imlari minimal stavkalar bo‘yicha hisoblanadi.

Yonilg‘i sarfi – 30

Yaponlar mashinaning yonilg‘i sarfini tez-tez muhokama qilib turishadi. Key-karlarning yonilg‘i sarfi 28-36 bo‘lishi a’lo darajali hisoblanadi. Bu erda 28 va 36 sonlari mashina bir litr yonilg‘i sarflab bosadigan yo‘l uzunligidir (km). O‘zimizning tilda “Yuziga qancha yoqadi”, deb so‘ralsa, “3,6-2,8 litr”, deya javob berishadi.

Yaponiyada tikanakli rezina va reagentlar taqiqlangan

Reagentlar qo‘llanmasa, yo‘l toza, ammo sirpanchiq bo‘ladi. Shuning uchun yapon shinasozlari hamisha yo‘lga maksimal darajada qattiq yopishadigan shina tayyorlash tashvishidadir. Bu mavsumda Yokohama kompaniyasi IceGuard SUV G075 yo‘ltanlamasi uchun yangi shina tayyorladi. U eski Geolandar I/T-S G073 rusumining o‘rniga chiqarildi.

Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Eski shina erga yopishish xususiyati jihatdan yangi shinadan 23 foizga orqada qoladi. Buni tajriba tasdiqladi. Yangi shina kiygazilgan mashinada katta tezlikda bemalol manyovrlar qilish mumkin. Qolaversa, eskisidan 10-15 foiz yaxshiroq tormozlanadi.

Mamlakat shimolida yo‘llar va trotuarlar isitiladi

Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Ushbu rasmda Asaxikava shahrining qattiq qor yoqqanidan keyingi manzarasi aks etgan. Yo‘l tozalovchilar ishga chiqmagan bo‘lsa ham ko‘cha sahni toza. Chunki trotuarlar isitiladi. Tinib-tinchimagan yaponlar trotuar qolib avtomobil yo‘llarini ham isitishni boshlagan: shahar yo‘llarining tik ko‘tarilish va pasayish qismlari, shuningdek, xavfli burilishlar isitiladi.

Avtokreditlar yillik foizi — nol

Yapon yoshlari orasida avtomobilga “kasal” bo‘lganlari kam uchraydi, ularni smartfon, planshet kabi hashamatlar qiziqtiradi. Shuning uchun ichki bozor sustlashib ketgan edi. O‘tgan yili 5 mlntacha mashina sotildi, bu savdoning bir yil avvalgiga qaraganda 9 foizga pasayganini ko‘rsatadi. Key-karlar savdosi esa 17 foizga (1,9 mln nusxa) pasayib ketdi. Yoshlar avtosalonlardan uzoqlashdi.

Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Yanvar oyida Yaponiya Banki manfiy foiz stavkalari (-0,1%) kiritishini e’lon qildi. Shundan boshlab banklar yillik nol foizda kredit bera boshladi! Avtomobillarga talab darhol jonlana boshladi.

Yaponlar “uazik”larga qiziqmaydi

Aniqrog‘i, ular UAZ nimaligini bilmaydi. To‘g‘ri, bir necha yil muqaddam bu erda rus yo‘ltanlamaslari ozroq sotilgan. Bu haqda Rossiya telekanallari yapon mijozlari UAZni xush ko‘rishi haqida ko‘rsatuv ham tayyorlagan. Ammo hozir ekologik talablar va xavfsizlik shartlari kuchayganligi tufayli UAZni uchratishning iloji yo‘q.

Hatto yo‘llar ham ko‘pqavatli

Yaponlar qanday mashinada yuradi?

Tokio yo‘llari besh qavatdan iborat. Tezyurar yo‘llar eng yuqorida – 30 metr balandlikda qurilgan bo‘lib. Pastkilari ham yomonmas, o‘rtacha tezlik 40 km/soat. Tezyurar yo‘lda yurish uchun to‘lov bor. Mamlakatning qolgan megapolislarida ham yo‘l qavatlari shu tartibda qurilgan.

Kunchiqar yurtda svetofor ko‘p

Tokio chorrahalarining o‘zida 15 mingdan ortiq svetofor bor. Poytaxt yo‘llarining umumiy uzunligi 28 ming km. Poytaxtning ko‘pgina ko‘chalarida har 100 metrda svetoforni uchratsangiz, ajablanmang. Ammo ko‘cha harakatini butunlay avtomatlashtirilgan intellektual tizim boshqarganligi uchun tirbandlik yo‘q.

Yana bir qiziq fakt. Yaponlar svetoforning pastki yashil chirog‘ini bizga o‘xshab “ko‘k” deb ataydi. Bilasizmi nega? Chunki yaponlar svetoforining ruxsat beruvchi chirog‘i dastavval ko‘k bo‘lgan. Keyinroq umumiy qabul qilingan rangga o‘tgan, biroq og‘zaki nutqda “ko‘k chiroq” deyish rasm bo‘lib qolgan.

auto.mail.ru maqolasi asosida tayyorlandi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar