Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.11.2016

ULTRA AP zirhli mashinasi to‘g‘risida ikki og‘iz

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 44
ULTRA AP zirhli mashinasi to‘g‘risida ikki og‘iz

2005 yilda Jorjiya Texnologiya instituti AQSh Harbiy dengiz vazirligi bilan shartnoma asosida ULTRA AP zirhli mashinasining yangi avlodini ishlab chiqdi. To‘rt yil o‘tgach, ULTRA II avlodi taqdim etildi. Mashinaga katta umid bog‘langan edi. Xo‘sh, umidni oqladimi?

Zirhli mashina oddiy Ford F-350 pikapi asosida yasalgan. AP qisqartmasi Armoured Patrol (“zirhlangan patrul”) ma’nosini anglatadi. Injenerlar pikap bilan harbiy avtomobilni omixtalashtirgan. Zirhiga qaramasdan avtomobil engilgina chiqdi – atigi 4 tonna tosh bosar, HMMWV (Hummer) avtomobiliga qaraganda 6 barobar kam yonilg‘i sarflardi.

ULTRA AP zirhli mashinasi to‘g‘risida ikki og‘iz

O‘rindiqlari va kamari NASCAR poyga bolididan olingan. Kabina shunday loyihalanganki, barcha tarafni, jumladan tepani va orqani ham ko‘rish mumkin.

ULTRA II berk kuzovi ichida to‘rt yo‘lovchini (desantlarni) tashiydi. Tubi va g‘ildiraklari puxta himoyalangani bois mina ham ta’sir etmaydi.

Ammo o‘sha yillari armiyaning eskirayotgan avtomobillarini yangilash dasturi asosida American Motors, Lockheed Martin, BAE Systems, General Tactical Vehicles kabi yirik firmalar o‘z injenerlik ishlari bilan raqobatga kirishib ketdi. Fuqarolarning “Ford” avtomobili asosida yaratilgan harbiycha ULTRA ko‘plab ustun taraflariga qaramasdan raqobatda engib chiqa olmadi.

Shunday qilib mohirona ishlangan nishona nusxa kontseptligicha qolib ketdi. Harbiycha avtomobillar tanlovida esa Oshkosh L-ATV harbiy kontserni g‘olib bo‘ldi.

ULTRA AP zirhli mashinasi to‘g‘risida ikki og‘iz

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar