Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.11.2016

Intel pilotsiz avtomobil loyihasiga 250 mln dollar ajratadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 29
Intel pilotsiz avtomobil loyihasiga 250 mln dollar ajratadi

Chamasi bir qator raqamli texnologiya gigantlari pilotsiz avtomobil yaratishga jiddiy qiziqqan ko‘rinadi. Agar Google kompaniyasi mana bir necha yildirki pilotsiz o‘ziyurar avtomobillar ustida ish olib borayotgan bo‘lsa, avvalroq Apple firmasi ham avtomobilsozlik sohasiga kirib kelmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.

Kuni kecha Los-Anjeles (AQSh, Kaliforniya) shahrida o‘tkazilgan avtoshouda turli protsessorlar tayyorlashga ixtisoslashgan Intel kompaniyasining rahbari Brayan Krjanich pilotsiz avtomobil ishlab chiqilishi uchun 250 mln dollar sarmoya ajratilishi haqida ma’lum qildi. Qizig‘i shundaki, Intel avtomobilsozlar konferentsiyada ilk marotaba ishtiroq etmoqda, bu esa uning mazkur loyihaga naqadar jiddiy yondashayotganini isbotlaydi.

3D News saytining yozishicha, Intel mazkur loyiha doirasida avtomobilga yangi raqamli texnologiyalarni ham qo‘llash maqsadida. Yuqori axborot texnologiyalari pilotsiz avtomobilning xavfsizligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va transportning samaradorligini kuchaytiradi. Ba’zi prognozlarga ko‘ra, pilotsiz avtomobillar AQSh iqtisodiyotiga bir yilda 121 milliard dollar mablag‘ni tejab qolishiga imkoniyat yaratar ekan.

Intel pilotsiz avtomobil loyihasiga 250 mln dollar ajratadi

Intel’ning ba’zi texnologiyalari ayni vaqtda BMW, Daimler, Hyundai, Infiniti, Jaguar XF, Kia, Lexus, Mini Cooper, Rolls Royce, Toyota va Tesla kabi avtomobilsozlar tomonidan qo‘llanilib kelinmoqda.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar