Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

Manta Ray – raketa tumshuqli avtomobil

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 43
Manta Ray – raketa tumshuqli avtomobil

1951 yilda kaliforniyalik ikki yosh aviasoz injener Glen Xayer va Vernon Antuan yangi Studebaker Commander sotib olib o‘zlarining tasavvuridagi kontsept-kar tayyorlashga kirishdi. Qayta ishlangan tumshuqdor avtomobil birdan dunyoga mashhur bo‘lib ketdi.

Manta Ray – raketa tumshuqli avtomobil

Ko‘rib turganingizdek, “Studebekker”ning, asosan, tashqi ko‘rinishi o‘zgargan. Shishaplastikdan ishlangan kuzovi samolyot fyuzelyajiga o‘xshaydi, raketanikidek tumshug‘i esa aviatsion dvigatelni eslatadi. Ha, kastomayzerlarning aviasozligi o‘zini namoyon qilgandi. Ammo Studebakerning 3800 sm kubli V8 dvigateli qoldirildi.

Manta Ray – raketa tumshuqli avtomobil

1953 yilda Manta Ray deb nomlangan kontsept garajdan chiqdiyu, barchaning e’tiborini tortdi. Mashina Los-Anjeles avtoshousida namoyish etildi, mualliflari maxsus sovrinlarga sazovor bo‘ldi. Mashinani esa yirik avtomobil dilerlik tarmog‘i egasi sotib oldi. Xarid tufayli mashina yanayam tanildi, u haqda turli jurnallar yozdi.

Manta Ray – raketa tumshuqli avtomobil

1959 yilda dongdor mashina Pinats Leyser ismli kishiga sotildi va Manta Ray uning garajida… 2014 yilga qadar yotdi. Odamlar uni allaqachon yo‘qoldiga chiqarishgandi. Pinats 1990 yilda dunyodan o‘tgan, uning bevasi esa 120 avtomobildan iborat kollektsiyasini bir chekkadan sota boshlagandi. Ammo o‘g‘lining iltimosiga ko‘ra maqolamiz qahramonini sotmadi.

Manta Ray – raketa tumshuqli avtomobil

Ikki yil muqaddam kollektsionerning o‘g‘li avtomobilni ommaga ko‘rsatdi va shoularga olib bordi. Mashina yaxshi saqlangan, deyarli asl komplektatsiyasini saqlab qolgan, yaxshi yurar edi. Shunday qilib, Manta Rayning uzoq yillik uzlatdan keyingi yangi umri boshlandi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar