Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

“Oltin burgut” poezdi O‘zbekistondan o‘tadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 45
“Oltin burgut” poezdi O‘zbekistondan o‘tadi

Moskva shahridan Eronga ilk marta “Oltin burgut” poezdi yo‘lga chiqdi. Lyuks klassdagi hashamdor poezd yo‘lovchilari ikki hafta mobaynida Turkmaniston, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston orqali o‘tib ketadi. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Poezd Qozon vokzalidan yo‘lga chiqqan. Yo‘lovchilari chet ellik sayyohlar bo‘lib, sayohat rejasiga ko‘ra, ular kunduz kuni ekskursiyaga chiqadi, kechqurun esa kupeda dam olishadi. Kupe sharoiti va muhiti mehmonxona kabi jihozlangan.

Dunyodagi eng qimmat poezd hisoblangan “Oltin burgut” poezdida sayyohlar bir tomon uchun chiptaga 20 ming evro sarflagan.

Har bir kupe ichida yotoqxona, yuvinish xonasi mavjud bo‘lib, sayohatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Poezd 60 nafar yo‘lovchini o‘z ichiga sig‘dira oladi.

“Tabiat qo‘ynida sokin hordiq uchun juda qulay va shinam”, deya ta’rif bermoqda yo‘lovchilar. Sayyohlarning asosiy qisminining yoshi o‘rtacha 60 ni tashkil etadi.

O‘zbekistonga tashrif chog‘ida sayohatchilar Samarqand va Buxoro durdonalaridan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar