Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.10.2016

Dunyodagi eng xunuk avtomobil

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 106
Dunyodagi eng xunuk avtomobil

Eng ko‘rimsiz avtomobillarning istalgan ro‘yxatini ko‘zdan kechirsangiz, ushbu mikrokar kamida beshlikka kiradi. Biroq xunuk bo‘lsa-da, u yalpi ishlab chiqarilgan va o‘z xaridorlarini topgan.

Floridadagi Sebring-Vanguard kompaniyasining asoschisi va egasi Robert Bomon 1970-yillarning boshida golf avtomobilidan ilhomlandi va avtomobil dizaynerini yoniga chorlab, yangi mashina loyihasini tuzishga kirishib ketdi. Uning rejasidagi mashina golf maydonchasida emas, umumfoydalanish yo‘llarida harakatlanish uchun mo‘ljallangandi. Kompaniyaning eng avval Vanguard Coupe nomli kichik elektromobil ishlab chiqardi, ammo bu mashina unchalik dovrug‘ qozonmadi. Robertning ikkinchi mashinasi CitiCar bo‘ldi.

Dunyodagi eng xunuk avtomobil

Avtomobil minimalizm uslubida yaratilgan bo‘lib, nogironlar avtomobilini eslatardi. Uch xil modifikatsiyada ishlab chiqarilgan. 1974 yilda chiqarilgan SV-36ning motorida 2,5, ikkinchi modifikatsiya SV-48da 3,5 ot kuchi bor edi. Takomillashtirilgan uchinchi Transitional (1977 yil) versiyasida roppa-rosa 6ta otning kuchi bor edi.

Mashinalar ko‘rimsizligi uchunmi, savdosi yurishib ketmadi. Bomon 1977 yilda mashinasozlikni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, uning kompaniyasi AQSh avtokompaniyalari reytingida General Motors, Ford, Chrysler, AMC va Checkerdan so‘ng oltinchi o‘rinda turardi.

Dunyodagi eng xunuk avtomobil

Shundan so‘ng yoqimsiz dizaynga ham xaridor chiqdi va Bomon uni sotib yubordi. Yangi sohib CitiCar asosida avval Comuta-Car, so‘ngra Comuta-Van elektromobillarini ishlab chiqardi. Ularning maksimal tezligi soatiga 80 km, yo‘l zaxirasi esa 64 kmdan oshmasdi.

Aytib o‘tish kerakki, CitiCar va uning modifikatsiyalari to Tesla paydo bo‘lgunga qadar Amerikadagi yalpi ishlab chiqarilgan elektromobil bo‘lgan. Ha, “kichkina demang bizni”, degani shu bo‘ladi.

Dunyodagi eng xunuk avtomobil

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar