Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Toshkentda yana benzin tanqisligi kuzatilmoqda

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 58
Toshkentda yana benzin tanqisligi kuzatilmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida shaharning qaysi burchagidan benzin olish mumkinligi asosiy muhokama mavzuiga aylanmoqda.

13 oktyabr kuni tarmoq foydalanuvchilaridan biri Yunusobod tumanidagi AYoQShlardan umuman benzin topa olmaganini ma’lum qilgan.

Ijtimoiy tarmoq a’zolarining bildirishicha, ba’zi joylarda, xususan, Toshkentning Samarqand darvoza supermarketi ro‘parasida mahalliy aholi yonilg‘ini plastik idishda AYoQShdagidan yuqori narxda sotyapti.

Guruh a’zolaridan biri 14 oktyabr kuni soat 22larda “Iltimos, yordam bering. Qaerda ochiq AYoQSh bor? Uyimga etib borolmayman”, deya yordam so‘radi. Unga boshqalar Qo‘yliq, Parkent bozori tomonidagi yonilg‘i quyish shoxobchalariga borishni taklif qilishdi.

“O‘zneftmahsulot” aktsionerlik kompaniyasi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga belgilangan hajmda yonilg‘i etkazib berilayotganligini hamisha ma’lum qilib kelgan. Shunga qaramay ba’zi AYoQShlar soat 18:00dan keyin o‘z ishini to‘xtatyapti. Benzin sotiladigan AYoQShlarda esa juda katta tirbandlik yuzaga kelyapti.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar