Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Amerikaliklar seriyali superkar ishlab chiqarish tayyorgarligini ko‘rmoqda

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 35
Amerikaliklar seriyali superkar ishlab chiqarish tayyorgarligini ko‘rmoqda

Scuderia Cameron Glickenhaus (SCG) kompaniyasi kelgusi yilning martida Jeneva avtosalonida SCG 003S seriyali superkarini namoyish etishga azmu qaror qilgan.

SCG firmasining egasi tijoratchi va rejissyor Jeyms Glikenxaus bo‘lib, u avtosport ishqibozi va Ferrari muxlisi sifatida tanilgan. Ferrari P4/5 va boshqa ko‘pgina sportkarlarni buyurtma berib tayyorlatgan Glikenxaus endi o‘zi “murosasiz sportkar” ishlab chiqarishga bel bog‘ladi. O‘tgan yili SCG 003C sportcha prototipi Jenevada ko‘rsatilgan bo‘lsa, kelgusi yili uning fuqarolar uchun ishlangan modifikatsiyasi taqdim etiladi.

Superkar ayrim o‘zgarishlarga uchradi. Optikasi, havotortari (vozduxozabornik) va tutun chiqarish quvurchasi boshqachadir. 4,4 litrli tvin-turbo motor o‘rnatilgan bo‘lib, 750 ot kuchiga ega. 3 soniyaga etmay yuz tezlikka chiqadi. Maksimal tezligi soatiga 350 km.

Amerikaliklar seriyali superkar ishlab chiqarish tayyorgarligini ko‘rmoqda

SCG 003S 2017 yilda Nyurburgring poyga yo‘lagini zabt etish uchun otlanadi. Mashina mualliflari u rekordni yangilashiga ishonadi.

Sportkar Italiyada Manifattura Automobili Torino firmasi tomonidan ishlab chiqariladi. Har bir avtomobil ma’lum buyurtmachi uchun uning xohishiga moslab alohida yasaladi. Narxi e’lon qilinmadi, biroq bir mln evrodan kam bo‘lmasligi tayin. Buyurtmachilar kelgusi yilning yozida mashinani qo‘lga kiritishadi.

Amerikaliklar seriyali superkar ishlab chiqarish tayyorgarligini ko‘rmoqda

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar