Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.10.2016

Polshada tunda yonadigan velosiped yo‘lakchasi qurildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 55
Polshada tunda yonadigan velosiped yo‘lakchasi qurildi

Bundan taxminan ikki yil oldin Studio Roosegaarde kompaniyasining dizaynerlari Gollandiyada lyuminetsentli toshchalar bilan jihozlangan yonadigan velosiped yo‘lakchalarining tajribaviy loyihasini amalga oshirgan edi. Xuddi mana shunday yo‘lakcha yaqin orada Polshaning Lidzbark-Varminski shahrida TPAQI markazi tomonidan barpo etildi. Bu haqda New Atlas sayti ma’lumot bergan.

TPAQI xodimlari mazkur turdagi yo‘lakchani yaratish ustida bir yilcha avval ish boshlashgan edi. Laboratoriya sharoitlarida o‘zidan nur qaytaradigan bir qator materiallar sinab ko‘rildi. Qorong‘i paytda ham velosipedchilar, ham piyodalarni xavfsiz harakat bilan ta’minlash maqsadida uzluksiz sinovlar o‘tkazildi. Natijada neoorganik lyuminofor asosidagi maydalangan material tanlab olindi. Ushbu qorishma kunduzi quyosh nurini yutib, tunda o‘zidan ko‘k rangdagi yorug‘lik chiqaradi.

Polshada tunda yonadigan velosiped yo‘lakchasi qurildi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha 30-60 daqiqali quyosh nurlaridan “zaryadlanish”, materialga eng kamida 8 soat mobaynida yorug‘lik chiqarishga etar ekan. Material 20 yil atrofida xizmat qilishi mumkin. Hozircha shahardagi 100 metrli veloyo‘lakcha tajriba maqsadlari uchun mazkur material bilan qoplangan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar