Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.10.2016

Urush yillarida tuxumsimon elektromobil yasalganidan xabardormisiz?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 109
Urush yillarida tuxumsimon elektromobil yasalganidan xabardormisiz?

1942 yilda frantsuz dizayneri Pol Arzan ushbu mashinani o‘z qo‘li bilan yasagan. Nega elektromobil? Chunki Frantsiyani Germaniya bosib olgan, okkupantlar esa jismoniy shaxslarga benzin bermas edi.

Arzan urushga qadar sanoat dizayneri sifatida nom chiqargan. La Baleine shoukarining muallifi edi. Urushdan so‘ng lokomotivlar dizayni bilan shug‘ullandi. Ammo biz uning tuxumsimon elektromobili to‘g‘risida hikoya qilamiz.

Urush yillarida tuxumsimon elektromobil yasalganidan xabardormisiz?

1942 yilda okkupatsiya sharoitida Arzan Fiat shassisida “Kit-2”ni ishlab chiqdi va yonilg‘i taqchilligi tufayli mashinaga elektrli dvigatel o‘rnatdi. “Kit” deganlari beso‘naqay va og‘ir bo‘lib, elektrli dvigatelni 70 km/soat tezlikda arang tortardi. Keyinroq Arzan L’Œuf électrique elektromobilini yasadi.

Uch mitti g‘ildirak va organik shishadan tayyorlangan kuzov-kabina hamda dvigatel bilan bir mashina tap-tayyor bo‘ldi. Unga 260 kgli batareyalar o‘rnatildi. Elektromobil bortida bir odam bilan soatiga 70 km tezlikda harakatlana olardi. Bu 40-yillar uchun yaxshi natija.

Urush yillarida tuxumsimon elektromobil yasalganidan xabardormisiz?

L’Œuf électrique tomchiga o‘xshab ketadi. Bu okkupatsiyadagi frantsuzlar sabrining so‘nggi tomchisimidi fashistlar Germaniyasi mahalliy aholiga bermasdan faqat urush uchun ishlatayotgan yonilg‘i tomchisimidi? Bu tinchlik va ozodlikdan umid edi. Ikki yil o‘tgach Frantsiyada ozodlik bayrog‘i hilpiradi.

Urush yillarida tuxumsimon elektromobil yasalganidan xabardormisiz?

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar