Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.10.2016

RAF – sobiq Ittifoqning mashhur mikroavtobusi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 101
RAF – sobiq Ittifoqning mashhur mikroavtobusi

Riga avtobus fabrikasi 1949 yilda tashkil qilingan bo‘lib, dastlab u avtobus kuzovlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. 1951 yilda zavod Riga eksperimental avtomobil fabrikasi bilan birlashib, GAZ dvigateli va shassisi asosida 23 o‘rinli RAF 561 avtobuslari ishlab chiqara boshlagan.

1954 yilda zavod  qayta tashkil qilinib Riga avtomobil fabrikasi nomini oldi. 1957 yilda RAF o‘z kuchi bilan yaratilgan birinchi mikroavtobusi — RAF 10  ishlab  chiqara boshladi. 1957 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan yoshlar festivali sharafiga RAF 10 “Festival” nomini oldi. Avtomobilda Volga GAZ-21 dvigateli o‘rnatilgan edi. Ushbu mikroavtobus o‘zgarishsiz 1975 yilga qadar ishlab chiqarildi. 1976 yildan boshlab mikroavtobuslarning yangi modeli ishlab chiqarila boshladi. RAF 2203 “Latviya” aytishlariga qaraganda, juda qulay,  tejamkor va manyovrli mikroavtobus bo‘lgan. Ishonchli GAZ-24 avtomobillariga o‘rnatiladigan dvigatellar bilan jihozlangan bo‘lgan.

RAF 70-80 yillarda sobiq Ittifoqning eng yirik mikroavtobuslar zavodiga aylandi.  Xalq ushbu mikroavtobuslarni “rafik” deb atar edi. Rafiklar Ittifoqning barcha shaharlarida “tez yordam”, marshrutli taksi, sayyoh va mehmonlarni olib yuruvchi transport sifatida keng tarqaldi.

1991 yilning sentyabr oyida Latviya mustaqil davlatga aylandi,  RAF esa — aktsiyador jamiyatga. Zavodda mikroavtobuslar ishlab chiqarish to‘xtatildi. Taqdir taqozosiga ko‘ra, ishlab chiqarilgan eng oxirgi mahsulot – o‘lik tashiydigan mashinalar bo‘ldi. Bugungi kunda RAF zavodi binolarining asosiy qismi buzilib ketgan, qolgan joylari esa ijaraga topshirilgan. Zavod hududida uning tarixiga bag‘ishlangan muzey ochilgan.

Manba: Sputniknews-uz.com

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar