Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.10.2016

Nemislar eng yaxshi tormozlanadigan avtomobilni aniqladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 93
Nemislar eng yaxshi tormozlanadigan avtomobilni aniqladi

ADAC avtomobil klubi tormozlanish yo‘li eng qisqa bo‘lgan avtorusumlar reytingini chop etdi.

Reyting so‘nggi to‘rt yilda chiqarilgan 500dan ortiq avtomobilni haydab sinashga asoslanib tuzildi. Reytingning mutlaq g‘olibi Porsche Carrera 911 kabrioleti bo‘lib chiqdi. Kabriolet soatiga yuz km tezlikda harakatlanganda tormozlanish yo‘li 31,3 metrni tashkil etdi.

ADAC testlari qisqa tormozlanish yo‘li nafaqat zamonaviy sportkarlarga, balki oddiy avtomobillarga ham xos bo‘lishini ko‘rsatdi. Masalan, kompakt sinfga mansub Mini One D xetchbekining tormozlanish masofasi 32,7 m. O‘rta sinf orasida eng yaxshi tormozlanadigan Seat Leon ST 1.6 TDI va Volkswagen Golf Variant 2.0 TDI MBT rusumlari bo‘lib chiqdi. Ular 33,1 mda tormozlandi.

Tormozlanish masofasi eng uzoq rusum Citroen Jumper Combi bo‘lib, to‘xtagunicha 47,8 m yo‘l bosadi. Turgan gapki, bu maqtashga arzigulik ko‘rsatkich emas.

ADAC ekspertlari mashinaning markasi va sinfidan qati nazar haydovchi yo‘lda masofaga rioya qilishini eslatdi. Bundan tashqari tormozlanish yo‘li uzunligi tezlikning kvadratiga mutanosib sanaladi. Bu tezlik ikki barobar oshsa, tormozlanish yo‘li to‘rt barobar oshadi degani.

ADAC testiga muvofiq tormozlanish yo‘li eng qisqa bo‘lgan kompakt sinfga mansub avtomobillar ro‘yxati



Marka



Avtorusum



Tormozlanish yo‘li, metr



Mini



One D



32,7



Mini



Cooper



33



Smart



Forfour 1.0



34,4



Skoda



Roomster 1.2 TSI Green Tec



34,5



Ford



Fiesta 1.0 EcoBoost



34,9



Renault



Clio 1.2 16V 75



35



Hyundai



i20 1.1 CRDi



35,1



Skoda



Fabia Combi 1.2TSI



35,2



Volkswagen



Polo 1.4 TDI BMT



35,4



Volkswagen



Cross up! 1.0



35,5

ADAC testiga muvofiq tormozlanish yo‘li eng qisqa bo‘lgan golf sinfga mansub avtomobillar ro‘yxati



Marka



Avtorusum



Tormozlanish yo‘li, metr



Seat



Leon ST 1.6 TDI



33,1



Volkswagen



Golf Variant 2.0 TDI MBT



33,1



Audi



A3 Sportback 1.4 TFSI



33,7



BMW



220i Coupe



33,9



Mercedes-Benz



B 200 Natural Gas Drive



34,1



Volvo



V40 T2



34,2



Nissan



Pulsar 1.5 dCi



34,5



Skoda



Rapid 1.2 TSI



34,7



Ford



Focus 1.0 EcoBoost



34,8



Renault



Megane ENERGY TCe 130



34,8

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar