Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.10.2016

Sergeli tumanida 6 metro bekati bunyod etiladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 233
Sergeli tumanida 6 metro bekati bunyod etiladi

spu2

[/i]Share to Facebook [/i]Share to Twitter [/i] [/i] [/i] [/i]

Toshkentning Sergeli tumanida 6ta metro bekati va 500 yangi turar joy binolari quriladi. Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jaev shu haqida ma’lum qildi.

25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoev Sergeli tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimligi oldiga bir qator vazifalar yuklagandi. Yangi ko‘p qavatli turar joy binolari, metro va 12 chiziqli avtoyo‘l qurilishi shular jumlasidandir. Ushbu masalalar yuzasidan Sergeli tumani hokimi F.I.Maqsudxo‘jaev jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tuman hokimining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mazkur topshiriqlar ijrosi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishiga start berilgan. Sergeli tumani bo‘ylab umumiy hisobda 500 yangi turar joy binolari barpo etiladi. Qurilish ishlarini 4 yilda nihoyasiga etkazish rejalashtirilgan.

Jurnalistning Sputnik massividagi yog‘och uylarning taqdiri haqidagi savoliga hokim quyidagicha javob berdi: «Mazkur yog‘och, boshqacha qilib aytganda fin uylarining qurilganiga 50 yildan oshdi, shunga qaramay bu erda hanuz odamlar istiqomat qiladi. Shu bois, bu uylarning o‘rniga yangi 9 qavatli turar joy binolari qurishga qaror qilindi. Bugungi kunga kelib, bu erda 421ta yog‘och uy mavjud. Hozirda bu uylarning qurilish loyihalari nihoyasiga etkazilmoqda, endi ularni amalga oshirishgina qoldi. Fursatdan foydalanib, Sergeli tumani aholisiga shuni ma’lum qilamanki, hech kim uysiz qolmaydi, hamma qonun doirasida turar joy bilan ta’minlanadi».

Sergeli tumanida qurilajak metro yo‘liga keladigan bo‘lsak, manbaga ko‘ra, uzunligi 8 kilometrni tashkil qiluvchi metro er sathidan 6 metr balandlikda barpo etiladi. Ular Sergelining Sputnik dahasidan «Olmazor» metro bekatigacha bo‘lgan oraliqda joylashadi.

Sergeli tumanida 6 metro bekati bunyod etiladi

Uning qurilishi 2020 yilga qadar davom etadi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, metro juda zamonaviy usulda quriladi, bunday zamonaviy er usti metrosi MDH davlatlarining birortasida yo‘q.

Sergeli tumanida 6 metro bekati bunyod etiladi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar