Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.10.2016

Google: biz avtomobil emas, balki haydovchi yaratish ustida ishlayapmiz

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 98
Google: biz avtomobil emas, balki haydovchi yaratish ustida ishlayapmiz

Google kompaniyasi 2009 yildan beri avtonom tarzda harakatlanadigan avtomobillar yaratish ustida ish olib bormoqda. Biroq qidiruv gigantining avtomobillarni ishlab chiqish bo‘linmasi rahbari Dmitriy Dolgovning aytishicha, kompaniya avtomobil emas, balki mukammal haydovchini yaratishni maqsad qilgan.

Dolgovning Recode resursiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil haydash ijtimoiy hodisa bo‘lib, ushbu jarayonda mashina nafaqat odam va boshqa buyumlarni aniqlay olishi, balki ular bilan muloqotga kirishishi ham talab etiladi. Shuning uchun kompaniya shunchaki avtomobil emas, shu bilan bir qatorda, odamlar tomonidan bajariladigan tana ishoralariga ham reaktsiya qila oladigan to‘laqonli gadjetni ishlab chiqmoqchi.

Google: biz avtomobil emas, balki haydovchi yaratish ustida ishlayapmiz

Mukammal haydovchi deganda, Google istalgan joy va sharoitda harakatlana oladigan mashinalarni nazarda tutgan. Chunki shunchaki avtonom mashina istalgan joyda intellektual tarzda yura olmaydi. Bunday avtomobillar harakat chog‘ida odamlardan farqli tarzda, turli xaritalar, sensorlar, lazer va radarlardan foydalanadi. Atrofida 100 metr radiusda yuz beradigan hodisalarni aniqlaydi va ularga munosabat bildiradi (masalan, svetofor chirog‘ini aniqlashda). Bundan tashqari, bu kabi aqlli avtomobillar bulut xotirasi orqali bir-biri bilan kommunikatsiyaga kirishadi va kundan-kunga rivojlanib boradi. Dolgovning ta’kidlashicha, Google mutaxassislari avtomobil dasturiy ta’minotini umuman kiberhujumlarga uchramaydigan darajada xavfsiz etib ishlab chiqadilar. Kelajakda bunday aqlli avtomobillar barchaga turli yo‘nalishlarda xizmat qilishi rejalashtirilgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar