Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.10.2016

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 89
Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

vlmr9

[/i]Share to Facebook [/i]Share to Twitter [/i] [/i] [/i] [/i]

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston ekologik harakati, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilgan “Kamolot-Tur” IX yoshlar velomarafonning Respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tdi.

Finishga birin-ketin sportchilar kirib kelishmoqda. Quvonarlisi, Toshkent shahrining birgina o‘zidan mingdan ortiq yoshlar musobaqaga ixtiyoriy tarzda ishtirok etish istagini bildirishgan, deb Kun.uz yozmoqda.

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

“Paxtakor” markaziy o‘yingohi oldida mutasaddi tashkilotlar vakillari, sportchilar, ularning yaqinlari, “Kamolot”chilar, iqtidorli yoshlar hamda OAV xodimlari yig‘ilishgan. Hamma hayajonda. Tezroq g‘oliblar bilan tanishish va tabriklash ishtiyoqida.

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

Marhamat, hududiy bosqichlarda 31,6 ming nafardan ortiq yigit-qizlarni birlashtirgan marafonning Respublika bosqichi g‘oliblari bilan tanishing!

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

«Eng yosh ishtirokchi qiz» nominatsiyasi:
1. Misyurina Margarita – 12 yosh
2. Egamberdieva Yasmina (karting) -8 yosh
3. Simkova Kristina – (8 yosh)

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

«Eng yosh ishtirokchi o‘g‘il bola» nominatsiyasi:
1. Ibragimov Tigran- (9 yosh)
2. Rimboev Xondamir- (9 yosh)
3. Umarov Javlon — (motokross)

«Eng irodali ishtirokchi» nominatsiyasi:
1. Evdakimov Daniil -(16 yosh)
2. Samadov Jasurbek- (Buxoro – karting)
3. Silelko Zlata -(karting)

«Eng mahoratli texnik ishtirokchi» nominatsiyasi:
1. Isjanov Ravshan – (14 yosh)
2. Sharkaev Maksim – (12 yosh)
3. Babaev Abror – (14 yosh)

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

«Faxriy ishtirokchi» nominatsiyasi:
1. Klimenkov Viktor (78 yosh)
Marhamat, mutloq g‘oliblar bilan tanishing:

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

III o‘rin:
1. Ro‘zimov Fazliddin( 9-14), Toshkent shahri
2. Tursunboev Muhammadaziz(15-17), Andijon viloyati
3. Xursanov Nodir(18-30 yosh), Jizzax viloyati

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

II o‘rin:
1. Nuriddinov Akbar(9-14), Namangan viloyati
2. Bokiev Asomiddin(15-17), Qashqadaryo viloyati
3. Golovanov Denis(18-30), Buxoro viloyati

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

I o‘rin:
1. Baxtiyorov Umidjon(9-14), Xorazm viloyati
2. Esaliev Ilhom(15-17), Nukus shahri
3. Egamberdiev Javohir(18-30), Toshkent shahri

Marafonning birinchi o‘rin g‘oliblari dil izhorlari bilan tanishdik:

Sportni tanlagan kam bo‘lmaydi yoxud toza ekologik transport tarafdorlari taqdirlandi

Baxtiyorov Umidjon: Velomarafonning tuman va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga etib keldim. Bu bosqichda ham g‘oliblik nasib qilganidan xursandman. Marafonning finishiga yaqin qolganida, albatta qiyinchiliklarga duch keldim, sababi ishtirokchilar ancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan ekan. Kelajakda bundanda katta turnirlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritish niyatim bor. Bugungi velomarafonda ko‘plab do‘stlar orttirdim. “Kamolot” YIHga uyushtirilayotgan bunday tadbirlar uchun minnatdorchilik bildiraman.

Esaliev Ilhom: Velosport bilan professional tarzda 9 yoshimdan buyon shug‘ullanib kelaman. O‘z yosh toifamda g‘olib bo‘lib, menga bildirilgan ishonchni oqlay olganimdan bag‘oyat xursandman.
Egamberdiev Javohir: Bu velomarafonda uch yildan beri qatnashib kelaman va bu yil ham g‘olib bo‘lganimdan juda xursandman. Bu kabi musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning eng samarali usuli deb hisoblayman.

— Shuni alohida aytishni istardimki, bugun atmosfera ifloslanishining 40 foizi avtomobillar hisobiga to‘g‘ri kelishini inobatga olsak, ushbu loyihaning nafaqat sportni targ‘ib etishga, balki yurtimizning ekologik holatini yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidlashni istardim, — deydi loyihaning “Faxriy velopoygachi” nominatsiyasi g‘olibi Klimenkov Viktor. — Kelgusida ham sport bilan shug‘ullanishni to‘xtatmayman va boshqa yoshi ulug‘ hamyurtlarimizga ham shu tilakni bildiraman.

Nima bo‘lganda ham biz siz uchun xulosa chiqarmaymiz. Ushbu velomarafon bu professional sportchilar bellashuvi emas. Balki mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini tanlagan yosh havaskor sportchilarning do‘stona musobaqasidir. Kelasi yil siz g‘oliblik shohsupasida bo‘lishingiz mumkin! O‘zingiz uchun sog‘lom hayotni tanlang. “Kamolot” har doim biz yoshlar bilan!

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar