Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.10.2016

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 268
Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Pikap (ing. pick-up) ochiq yuk platformali, asosan orqasi tortadigan (oldi tortadigani kamdan-kam uchraydi), yuk tashishga mo‘ljallangan baquvvat avtomobildir. To‘la uzatmali versiyalari ham uchraydi. Hozirda u yo‘ltanlamas mashinaga aylanib bo‘ldi. Qo‘pol ko‘rinishli pikapni ozgina tyuning qilsa va bir oz sayqallansa, quling o‘rgilsin mahobatli avtomobilga aylanib turibdi.

Carzone.uz dunyodagi eng mashhur 10 pikap haqida ma’lumot beradi. Mazkur avtomobillar pishiq-puxtaligi va shiddatkor qiyofasi bilan  e’tiboringizni tortmasdan qolmaydi.

Eng avvalo Dodge Ram 1500 Hellcat pikapini esga olamiz. Unga o‘rnatilgan 6,2 litrli dvigatelda 707 ot kuchi bor. Dodge kompaniyasi 2017 yilgi versiyasiga turbodamlash texnologiyali dvigatel o‘rnatilgach, yanada kuchli bo‘lishini va’da qilyapti.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Dodge Ram 1500 Hellcat

Ikkinchi o‘rinni Ford F150 Shelby band qildi. Unda etti yuz otning kuchi bor. Joriy yilda chiqarilgan versiyasiga yana o‘n ot kuchi qo‘shildi. F150 Shelby seriyasi cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan, ya’ni besh yuzta.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Ford F150 Shelby

Uchlikdan HPE650 GMC Sierra pikapi ham o‘rin olgan. Uning 6,2 litrli V8 motorining quvvati 650 ot kuchiga teng. Darvoqe, bu pikapga Hennessey Performance studiyasi ishlov bergan.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

HPE650 GMC Sierra

To‘rtinchi o‘rinda nemislarning Mercedes-Benz G63 AMG 6×6 avtomobilidir. 5,5 litrli dvigateli 554 ot kuchiga ega. Nemis mashinasi etti pog‘onali avtomatik quti bilan ishlaydi.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Mercedes-Benz G63 AMG 6×6

2004 yilgacha ishlab chiqarilgan Dodge Ram SRT-10 pikapiga beshinchi o‘rin berildi. Kuzovining silliqligini ko‘ryapsizmi? Unga har qanday tyuning-atele havas qiladi. Asos versiyasiga V10 8.3 dvigatel o‘rnatiladi va u 505 ot kuchini etkazib beradi.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Dodge Ram SRT-10

Pikaplar o‘nligida yapon rusumlariga ham joy topiladi. Tundra TRD avtomobili bilan Toyota oltinchi o‘rinni band qildi. Toyota Tundra TRD atelesining qo‘liga tushdi hamda 504 ot kuchiga ega bo‘lgan 5,7 litrli dvigatel bilan ateledan chiqdi.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Tundra TRD

Ford F-150 pikapining maxsus versiyasi bo‘lmish SVT Raptor barcha pikaplar uchun namunadir. U, dastavval, 6,2 litrli V8 motor bilan jihozlangan bo‘lib, 416 ot kuchiga ega edi. O‘n uchinchi avlodi 3,5 litrli EcoBoost V6 bilan chiqarildi. “Ford”ning “Raptor”i abjir mashina bo‘lib, 5 metrgacha sakray oladi.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Ford F-150 SVT Raptor

Umuman olganda pikaplar bo‘yicha etakchi davlat Amerikadir. Sakkizinchi o‘rindagi Cadillac Escalade EXT SLP ham “amerikalik”. Uning asosiy raqobatchisi Ford F-650. Cadillac pikapining 403 ot kuchiga ega bo‘lgan 6,2 litrli V8 dvigateli bor.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Cadillac Escalade EXT SLP

Chevrolet SSR pikapi garchi o‘yinchoq mashinadek ko‘rinsa-da 390 otning kuchi bor. Pikaplarning aksariyati tajovuzkor qiyofada bo‘lsa, Chevrolet pikapi yuvosh-mo‘min ko‘rinadi.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Chevrolet SSR

Ford F-650 pikapi ro‘yxatimizning o‘ninchi pog‘onasida bo‘lishiga qaramasdan hashamati bilan ko‘zni qamashtiradi. Pikap ishqibozlari uchun benzinlidan tashqari dizelli versiyasi ham ishlab chiqariladi. 350 ot kuchiga ega.

Eng zo‘r pikaplar o‘nligi bilan tanishing

Ford F-650

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar yildan yilga injenerlik mo‘’jizalari bilan hayratlantirishda davom etmoqda. Yangiliklarning amaliyotga tatbiqida pikaplar etakchi o‘rinda turibdi deyish mumkin.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar