Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.10.2016

Matiz Rossiya bozorini tark etadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 115
Matiz Rossiya bozorini tark etadi

UzDaewoo brendi o‘rnini egallagan Ravon Rossiya bozoridan subkompakt Matiz xetchbekini olib chiqishga qaror qildi. Bu haqda Rossiyaning “Kolyosa” nashri xabar bermoqda.

Model Ravon’ning Rossiyadagi vakolatxonasi rasmiy saytidagi ro‘yxatda yo‘q. Matiz nima sababdan Rossiya bozorini tark etayotgani noma’lum. Ayni vaqtda, Ravon’ning ba’zi dilerlari portallarida “Matiz”ga hali ham buyurtma berish mumkin.

Rossiyada mexanik uzatma bilan hamohanglikda ishlaydigan hajmi 0,8 litr, tsilindrlari soni uchta, 51 ot kuchiga ega benzinli motorda harakatlanuvchi “Matiz”lar sotilar edi. Uning narxi 314 ming rubldan boshlanib, shu vaqtgacha Rossiya avtosalonlarida sotilayotgan eng arzon avto hisoblanardi.

Avvalroq Ravon “Matiz”ni yangilamoqchi ekani — unga ERA-GLONASS tizimi, xavfsizlik yostiqchalari, ABS tormoz tizimi va “avtomat” uzatmalar qutisi o‘rnatilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

“Aftidan, bu rejadan voz kechilganga o‘xshaydi. Chunki mazkur yangiliklar joriy etiladigan bo‘lsa, “Matiz”ning narxi qimmatlashadi, hozirgisidan qimmat narx bilan esa “Matiz” bozorda raqobatlasha olmaydi”, — deyiladi “Kolyosa” xabarida.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar