Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.10.2016

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 134
«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Bu yilgi motor-shouga ko‘plab yirik brendlar kelmadi. Ford ish grafigi to‘g‘ri kelmaganini sabab qilib ko‘rsatdi, Mazda frantsuz brendlari bilan omma e’tiborini talashmaslikka qaror qildi. Parijga Volvo kelmadi, shuningdek, Aston Martin, Rolls-Royce va Lamborghini lyuks brendlari ham ishtirok etgani yo‘q. Bentley va Lamborghinini o‘z ichiga olgan VW esa Parijga safar xarajatlarini tejab “Dizelgeyt” chiqimlariga ishlatishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Shunga qaramasdan Parij avtosaloni jahon avtosanoatida diqqatga molik voqeadir. Ko‘plab brendlar yangi rusumlarni namoyish etishdi. Kimdir taniqli avtomobilining qiyofasini dadillik bilan o‘zgartirgan, kimdir o‘zini yangi segmentda sinamoqchi.

Audi Q5

Audining yangi krossoveri qiyofasi Q7 uslubidadir. Rusum asosida MLB evo platformasi yotibdi. “Audi”ning A4dan Q7gacha deyarli barcha eski rusumlari shu platformaga qurilgan. Q5 o‘zidan avvalgi rusumdan 100 kgga engil bo‘lib, jihozlangan holatda 1600 kg tosh bosadi. Old va orqa osmalari besh richagli sxemada tayyorlangan. Maxsus versiyalariga turli ish algoritmiga ega bo‘lgan elektron boshqaruvli amortizator o‘rnatiladi.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

190 va 252 ot kuchiga ega benzinli motorlari bor. Bundan tashqari gibrid modifikatsiyasi ishlab chiqariladi. Uning quvvati 300 ot kuchiga teng, elektr bilan esa kamida 50 km yurishi mumkin.

Land Rover Discovery

Discoveryning beshinchi avlodi Discovery Sport qiyofasidan rang olgan, ammo bir oz uzun – 4970 mm va bo‘yi past. G‘ildiraklar bazasi 38 mmga ortgan. Yo‘ltanlamasning asos versiyasi besh o‘rinli, qimmatrog‘ining esa uchinchi qator o‘rindiqlari bor. SUV orqa o‘rindiqlarini sinxronlashtirilgan smartfon yordamida taxlash mumkin bo‘lgan dunyodagi birinchi avtomobildir.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Dunyo bozoriga avtorusum to‘rt xil (180, 240, 249 va 350 ot kuchiga ega) motor bilan chiqadi. Barchasida avtomat quti ishlaydi.

Kia Rio

Koreys avtomobilining tashqi ko‘rinishi Germaniya, AQSh va Janubiy Koreyadagi dizayn markazlarda mahalliy mijozlar qiziqishlarini hisobga olib ishlangan. Salon mediatizimining sensor ekrani bor, kompleks Android Auto va Apple CarPlay tizimlari bilan ishlaydi. Xetchbekka 1 litrli benzinli motor o‘rnatilgan bo‘lib, damlash (nadduv) va yonilg‘ini bevosita yuborish texnologiyasi asosida ishlaydi.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Janubiy Koreyadagi Soxari zavodi Evropa bozori uchun Rio ishlab chiqaradi. Yangi rusum 2017 yildan boshlab savdoga chiqariladi.

Skoda Kodiak

Yangi yo‘ltanlamas “Shkoda” tarixidagi eng katta avtomobildir. Uch qator o‘rindiqlari bor. Chexlar o‘z avtomobilining foydali funktsiyalari ko‘pligi bilan g‘ururlanadi. Masalan, eshik qirrasini himoyalash tizimi, uyqu yostiqlari to‘plami yoki orqa qatordagi yo‘lovchilar bilan aloqalashishga mo‘ljallangan mikrofonlar o‘rnatilgan.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Skoda Kodiaqning barcha dvigatellari Evro-6 me’yorlariga to‘g‘ri keladi, start-stop tizimi va tormozlash energiyasini rekuperatsiyalash funktsiyasi bor.

Audi A5 Sportback

Yangi xetchbek “aka”sidan 21 mmga uzaydi. Yukxonasi hajmi avvalgidek 480 litrni tashkil etadi, biroq orqa qatorda oyoq qo‘yish uchun joy biroz kengaydi. Turli elementlarining optimallashtirilishi natijasida 100 kgga yaqin vazn tashladi. Uskunalar paneli virtualga o‘zgardi. Markaziy displeyining diagonali 12,3 dyuymga etdi.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

354 ot kuchiga ega benzinli Audi S5 Sportback yuz tezlikka erishishi uchun 4,7  soniya kifoya. 190 va 252 ot kuchiga ega motorlarining hajmi 2 litr. Bundan tashqari 3 litrli turbodizeli 218 yoki 286 ot kuchini etkazib beradi.

Hyundai i30

i30 xetchbegining avlodi almashindi. Kuzov chiziqlari hashamatli tus oldi, yangicha radiator panjarasi qo‘yildi. Salon dizayni minimalizm uslubida ishlangan. Yangi mashinaning o‘lchamlari 4340×1795×1455 mm. Boshqacha aytganda ajdodlaridan uzunroq, pastroq va kengroqdir. G‘ildiraklar bazasi o‘zgarmay qoldi – 2650 mm. Yukxonasi hajmi 19 litrga oshib, 395 litrga etdi.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Xetchbekning kuzovi qattiq va engil materialdan ishlangan, platformasiga ishlov berilgan. 1,4 (140 ot kuchi) va 1 (120 ot kuchi) litrli motorlar bilan chiqariladi, shuningdek, 1,6 litrli (95, 110 va 133 ot kuchi) turbodizelli versiyasi bor.

Renault/Dacia Logan, Sandero, Logan MCV

Renault Parijda hamyonbop Dacia oilasini yangiladi. Logan sedani, Sandero xetchbeki va Logan MCV universali bu oilaga mansubdir. Mashinalarning radiatori panjarasi, farasi va boshqa chiroqlari almashdi. To‘rt kegayli rulning gupchagiga klakson (mexanik signal) qo‘yildi. Old oynako‘targichlarni boshqarish tugmasi endi konsolda emas, eshikda joylashgan. 75 va 110 ot kuchiga ega versiyalari xaridorga taklif qilinadi.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Yangilangan Dacia yilning oxirigacha Evropada savdoga chiqadi.

Suzuki Ignis

Ignis krossover atalsa-da tubi erdan atigi 180 mm balandlikda. Uning 1,2 Dualjet motorining quvvati 60 ot kuchiga teng. Tejamkor krossoverda SHVS (Smart Hybrid Vehicle by Suzuki) gibrid tizimi bo‘lib, mashina sekinlashganda elektr energiyasini rekuperatsiyalaydi va litiy-ionli batareyaga beradi.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Yapon mashinasi pachoqqina ko‘rinsa ham yo‘ldagi piyodalar va mashinalar bilan to‘qnashish xavfini sezadigan, haydovchining charchaganligini kuzatib turadigan videokameralari bor. Krossovercha kelasi yilning boshidan sotiladi.

Citroen C3

Citroen C3 xetchbeki tubdan o‘zgarishga uchradi. O‘ziga xos old chiroqlari, kuzovining qora hoshiyalari boshqalardan ajratib turadi. Intereri ham o‘ziga xos tarzda sayqallangan. Yangi S3 50 mmga uzaydi, g‘ildiraklar bazasiga 74 mm qo‘shildi, yukxonasi esa avvalgidek 300 litrligicha qoldi.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Avtomobilga 1 (68 ot kuchi) va 1,2 (82 ot kuchi) litrli atmosferali motor, shuningdek 1,2 litrli (110 ot kuchi) turbomotor o‘rnatiladi. 75 va 100 ot kuchiga ega bo‘lgan dizelli versiyalari ham mavjud. Kuzovi to‘qqiz tusda taqdim etiladi.

Porsche Panamera Hybrid

“Panamera” gibridining avvalgilaridan farqli jihati elektromotori darhol ish boshlashidir. Ya’ni avvalgidek gaz tepkisi 80 foizga bosilishi shart emas. Elektrda yurganda yo‘l zaxirasi 20 kmga ortib, jami 50 kmni tashkil qildi. Elektr kuchi bilan soatiga 140 km tezlikda haydash mumkin. Mashina 100 kmga o‘rtacha 2,5 litr yonilg‘i sarflaydi.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

Asosiy benzinli motori 330, elektromotori 136 ot kuchiga ega. Soatiga 100 km tezlikka erishishi uchun 4,6 soniya etarli. Eng yuqori tezligi 278 km/soat.

Smart EV

Ixcham va ko‘rkam mashinani ishlab chiqargan kompaniyaning barcha rusumlari elektrli versiyasiga ega. Bu jihatdan u dunyoda yagona sanaladi. Kupesi ham, kabrioleti ham 82 ot kuchiga egadir. ForTwo kupesi 11,5, kabriolet  11,8, ForFour esa 12,7 soniyada yuz tezlikka chiqadi. Barcha kompaktkarlarning maksimal tezligi soatiga 130 kmdir.

«Parijda nima gaplar» yoki avtosalonning 11 yangiligi

17,6 kVt•soat sig‘imli batareyasi bor ForTwo kupesining yo‘l zaxirasi 160 km; ForTwo kabrioleti va ForFourniki 155 km. Maishiy rozetkadan quvvatlash uchun 2,5 soat vaqt kerak. Bu Smartning oldingi avlodini zaryadlash vaqtidan ikki barobar qisqaligi e’tiborga molik. Maxsus zaryadlash uskunasi yordamida tokka to‘ydirish vaqtini 40 foizga qisqartirsa bo‘ladi. Kelgusi yili nemis injenerlari batareyalarni atigi 45 daqiqada zaryadlaydigan qurilma tayyorlamoqchi.

Jahon avtosalonlariga oid xabarlarni kuzatib borishni va avtomobil dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklardan tez xabardor bo‘lishni istasangiz carzone.uz saytini kuzatib boring.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar