Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.10.2016

Toshkentda avval yopilgan bir qancha ko‘chalar ochilmoqda

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 58
Toshkentda avval yopilgan bir qancha ko‘chalar ochilmoqda

Toshkentda 1 oktyabr, shanba kuni Mustaqillik ko‘chasining avval yopilgan bir qancha uchastkalarini ochishga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib Daryo.uz  xabar bermoqda.

Qurilish texnikalari va ishchilar Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidagi yo‘l o‘tkazgich (Hamid Olimjon maydoni) qarshisidagi qiyalik yo‘lini tozalamoqda. Toshkent shahar hokimligi vakillari mazkur uchastka aynan qaysi muddatda ochilishini ma’lum etgani yo‘q, biroq ishlar jadallik bilan olib borilishini va’da qilmoqda. Mazkur yo‘lning ochilishi shoh ko‘chada Shahrisabz ko‘chasidan Oloy bozoriga tomonga harakatlanuvchi avtotransportlar oqimining sezilarli darajada kamayishiga xizmat qilishi lozim.

Yaqin kunlarda o‘tgan yil iyul oyida yopilgan Sayram ko‘chasining 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismining (Davlat statistika qo‘mitasi binosi olida) ham ochilishi kutilmoqda. Bu esa shu atrofda yashovchi fuqarolarning ishga va uyga qatnashidagi masofani bir necha kilometrga qisqartirishga imkon tug‘diradi.

Bir vaqtning o‘zida Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasidagi chorrahaning ochilishi bo‘yicha ham ishlar boshlab yuborildi. O‘tgan yil avgustida bu erda qarama-qarshi tomonga harakatlanishni butunlay cheklaydigan to‘siqlar o‘rnatilgan edi.

Qurilish ishlarida ishtirok etayotganlar turli yillarda yopilgan boshqa ko‘chalarning ham ochilishini istisno etmadi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar