Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.10.2016

Yapon kompaniyasi Komatsu kabinasiz yuk mashinasi tayyorladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 72
Yapon kompaniyasi Komatsu kabinasiz yuk mashinasi tayyorladi

Jahonda o‘ziyurar texnikalarning o‘nlab turi ishlab chiqarilyapti. Haydovchisiz avtomobillar esa tinch ko‘chalarni kezib yuribdi. Ularni to‘la ma’noda haydovchisiz deb bo‘ladimi? Yo‘q, chunki tegishli vaqtda boshqaruvni qo‘liga olishi uchun barchasida haydovchi o‘rindig‘i hamda rul, tepki, ulash tugmalari kabi boshqaruv elementlari joylashgan. Bu jo‘yali qaror, axir, bir gap bo‘lsa, mashina darhol haydovchi izmiga bo‘ysunadi.

Komatsu ishlab chiqargan samosvalda esa boshqaruv uskunalarining birortasi yo‘q. Na rul, na tepkilarni uchratasiz. Haydovchisi bo‘lmagach, kabinaning nima keragi bor?

Kabinasiz samosval Autonomous Haulage Vehicle deb ataladi. Unda 2700 ot kuchi bor. Kabina va haydovchi mashina uchun ortiqcha yuk, undan xalos bo‘lgach mashinaning foydali ish koeffitsienti oshadi, shunday emasmi?

Garchi, kabinasiz yuk mashinasi boshsiz odam kabi ko‘rinsa-da, injenerlar uning foydasini tushuntirmoqda. Kabinada o‘tirgan haydovchi orqani ko‘rolmaydi, buning uchun yon oynaga boqib orqani tasavvur qilishi yoki mashinani to‘xtatib tushib qarashi kerak. Ko‘pincha, bortdagi yukni tushirish uchun haydovchi mashinadan tushib mo‘ljal oladi. Butunlay avtomatik rejimda ishlaydigan yapon samosvalida esa bu muammo yo‘q, chunki korpusning turli chekkalaridagi kameralardan orientatsiya oladi. Qolaversa, bunday “gurzavoy” to‘rtala g‘ildiragiga yuklanish teng taqsimlanganligi tufayli turg‘unroq bo‘ladi. Muzlamada sirg‘anmaydi.

Autonomous Haulage Vehicle prototipi yaqinda Las-Vegas ko‘rgazmasida namoyish etildi. Komatsuchilar esa tez kunlarda ishlab chiqarishni boshlab yuboradi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar