Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.09.2016

Mercedes-Benz yangi EQ brendini tashkil qildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 102
Mercedes-Benz yangi EQ brendini tashkil qildi

Elektromobillarni ko‘proq ishlab chiqarish uchun nemis mashinasozlari yangi brendga ehtiyoj sezdi. Mercedes-Benzning etakchisi Diter Zetshe Parij avtosaloni ochilishi oldidan “Kelajak elektromobillarniki” dedi. So‘zining isboti sifatida mersedeschilar ko‘rgazmada Generation EQ yangi kontseptini namoyish etishdi.

Oxirgi ikki harf brend nomidir. BMW i  harfidan foydalangan bo‘lsa, Mersedes ekologik mashinalari EQ harflari bilan belgilanadi.

Yangi elektromobillar oilasi uchun Shtutgartda alohida platforma yasaladi. Uning konstruktsiyasida po‘lat, alyuminiy va karbon ishlatiladi.

Kontseptual krossoverning baliqdek silliq va yaltiroq tashqi qiyofasi Tron ilmiy-fantastik filmi lavhalarini eslatadi. Qizig‘i shundaki, ko‘plab nishona nusxalarda (kontsept) eshik tutqichi bo‘lmaydi, yon ko‘zgulari o‘rniga kameralar o‘rnatiladi, biroq seriyali ishlab chiqarishga kelganda ular tushib qoladi.

“Mercedes-Benz kelajagining mobilligi to‘rt ustunga tayanadi: yagona tarmoqqa ulanish, avtonom boshqaruv, karshering, elektrli harakatlanish qurilmalari”, deydi Daimler AG rahbari Diter Zetshe.

Mercedes-Benz yangi EQ brendini tashkil qildi

Haqiqiy kelajak avtomobilining saloni ham futuristik ko‘rinishda bo‘ladi. Mercedes-Benz anchadan beri interer ustida ishlab kelmoqda. Rejaga ko‘ra sensor displeylar haydovchining har tomonini qurshab turadi, hattoki, rulning kegayida ham bor. Asosiy displeyning diagonali esa 24 dyuymga teng. Bu o‘rtacha televizor diagonalidir.

Elektromobil 408 ot kuchiga ega, aylantirish momenti 700 N∙m. Yuz tezlikka 5 soniyada chiqadi, yo‘l zaxirasi 500 kmga teng.

Grafik interfeysining xususiyati vaziyatga moslasha olishidir. Undan yo‘lovchilar ham foydalana oladi. Kelajakda yo‘lovchilar yumshoq o‘rindiqda yastanib o‘tirgancha sensor monitorni siypalab cheksiz ma’lumotlar ummoniga sho‘ng‘iydi. Buni mersedeschilarning “o‘ziyurar mehmonxonasi” deb atash mumkin.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar