Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.09.2016

Yangi ToshMIdan Qo‘yliqqacha: Toshkent metrosi loyihasining surati muhokamalarga sabab bo‘ldi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 412
Yangi ToshMIdan Qo‘yliqqacha: Toshkent metrosi loyihasining surati muhokamalarga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining kengaytirilgan loyihasi surati paydo bo‘ldi. Unda Toshkent metropoliteni nafaqat Yunusobod va Sergeli bo‘ylab, balki Qo‘yliq bozori va yangi ToshMI yo‘nalishlarida ham rivojlantirilishi rejalashtirilayotganini ko‘rish mumkin.

Loyihada Toshkent metrosining mavjud, qurilayotgan va qurilishi hali boshlanmagan barcha yo‘llari keng xaritasi tasvirlangan. Unga ko‘ra, “Chilonzor” yo‘li janubiy yo‘nalishda “Sergeli” yo‘li bilan tutashadi, shimoliy yo‘nalishda esa, “Buyuk Ipak yo‘li” bekatidan so‘ng, Traktor zavodiga tomon kamida yana uchta bekat bilan to‘ldiriladi.

Hozirgi vaqtda “Beruniy” bekatidan boshlanib, “Do‘stlik” bekati bilan tugaydigan “O‘zbekiston” yo‘lini ham kamida ettita bekat bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan. Agar loyiha to‘liq amalga oshirilsa, “O‘zbekiston” yo‘li yangi ToshMIda quriladigan bekatdan boshlanib, loyihalashtirilayotgan “Qo‘yliq bozori” bekati bilan tugaydi. Bunda metro yo‘li Tuzel qo‘rg‘oni va Baxt ko‘li bo‘ylab ham o‘tadi.

“Yunusobod” yo‘li bo‘yicha aytarli yangilik yo‘q – yo‘lni janubiy yo‘nalishda Janubiy vokzalga qadar davom ettirish rejasi hali ham dolzarb, shimoliy yo‘nalishda esa qurilishi davom ettirilishi kutilayotgan uch bekat o‘rniga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratda faqat ikkita bekat ko‘rsatilgan: “Shahriston” (sobiq “Habib Abdullaev”)dan keyin qurilishi aytilgan loyihaviy nomi “Fayzulla Xo‘jaev” bo‘lgan bekat yo‘q, undan keyin darhol “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari keladi.

Eng asosiy yangilik – “Sergeli” yo‘li bilan bog‘liq. Loyihaga ko‘ra, yo‘l jami 12 bekatdan iborat bo‘ladi va ularning faqat to‘rttasi (loyihaviy nomlari – “Choshtepa” (bu erdan “Chilonzor” yo‘liga o‘tish mumkin bo‘ladi), “O‘zgarish”, “Do‘stlik”, “Sergeli”) shaharning Sergeli tumanidan o‘tadi, qolgani esa Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab, Chilonzor buyum bozori, O‘rikzor bozori, Ibn Sino, Jarariq mavzelari orqali yangi ToshMIga etib boradi (va shu erda “O‘zbekiston” yo‘li bilan tutashadi).

Suratda loyiha “Toshkent metroproekti” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgani ko‘rsatilgan, biroq uning amalga oshirish muddatlari va qiymati haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir guruhi bu suratni quvonch bilan qarshi olib, “Qo‘yliqqa ham metro borarkan” degan gaplarni aytgan bo‘lsa, ba’zi yuzerlar suratning haqiqiyligini shubha ostiga oldi. Foydalanuvchilarning biri xaritada “Do‘stlik” nomli bekat ikkita bo‘lib qolganiga e’tiborni qaratdi (biri – sobiq “Chkalov” bekatining hozirgi nomi, ikkinchisi – Sergelining Do‘stlik dahasida quriladigan bekatning loyihalashtirilgan nomi).

Toshkent metrosining kengayishi mavzusi O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoev sabab yana jonlandi. Jumladan, u 18 sentyabr kuni Yunusobod tumanida bo‘lib, “Yunusobod” yo‘lidagi ikkita bekat (katta ehtimol bilan, “Toshkent metroproekti” loyihasidagi “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari)da qurilish ishlarini yakunlash yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berdi. 25 sentyabr kuni esa Shavkat Mirziyoev Sergelida bo‘lib, u qatnashgan yig‘ilishda Toshkentda er usti tezyurar metro yo‘nalishlari qurilishini loyihalashtirish ishlarini jadallashtirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Shavkat Mirziyoevning Sergeliga tashrifi haqidagi “Axborot”ning lavhasida “Sergeli” metro yo‘lining “O‘zgarish” bekati loyihaviy maketi ham namoyish etildi. Unda metro yo‘li ham, bekat ham er ustida ekanini ko‘rish mumkin.

Video

“O‘zgarish” metro bekati loyihasi

Yangi ToshMIdan Qo‘yliqqacha: Toshkent metrosi loyihasining surati muhokamalarga sabab bo‘ldi

Yangi ToshMIdan Qo‘yliqqacha: Toshkent metrosi loyihasining surati muhokamalarga sabab bo‘ldi

Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev “Yunusobod” metro yo‘lidagi metro qurilishini yakunlashni tezlashtirish uchun Toshkent metropolitenini “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tizimiga o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashga ham ko‘rsatma bergan.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropoliteni 1977 yilda ishga tushgan bo‘lib, O‘rta Osiyodagi birinchisi hisoblanadi. Ayni vaqtda Toshkent metrosi uch yo‘nalish, jami 29 bekatdan iborat, yo‘llarining umumiy uzunligi 36,2 kilometrni tashkil etadi. Shahar metrosi 2014 yili 54 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Yangi ToshMIdan Qo‘yliqqacha: Toshkent metrosi loyihasining surati muhokamalarga sabab bo‘ldi

Toshkent metrosining hozirgi holati

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar