Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.09.2016

Parij avtosalonining eng g‘alati avtomobili namoyish etildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 86
Parij avtosalonining eng g‘alati avtomobili namoyish etildi

Kuzovi g‘ijimlargan gofra qog‘ozni, shakli esa “Lego” konstruktsiyasini eslatuvchi bu g‘aroyib avtomobil muallifi yaponlar degan xayolga boradi kishi. Biroq uni frantsuz injeneri yasaganligi “ustasi farang” iborasini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ushbu g‘alatimobil elektrda yuradi. Orqasida ikkita elektromotor o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy quvvati 101 ot kuchiga teng. Eng yuqori tezligi soatiga 160 km. Yuz tezlikka 10 soniyada erishadi. Mashina 800 kg tosh bosadi. Elektromobilga joylangan 28 kVt∙soat sig‘imli batareyalar 240 km yo‘l zaxirasini ta’minlaydi. Batareyalarning og‘irligini alyuminiydan yasalgan kuzovning engilligi muvozanatlaydi.

Parij avtosalonining eng g‘alati avtomobili namoyish etildi

Asli buni kuzov deyish ham qiyin. Salon ochiq, yo‘lovchilar motorning ustida o‘tiradi. O‘rindiqlari egarsimon, xuddi otda sayr qilgandek

Parij avtosalonining eng g‘alati avtomobili namoyish etildi
  Yo‘lovchilarning tepasini kattakon antiqanot pana qiladi. Rul chambaragi yo‘q, mototsikl kabi boshqariladi, haydash uslubi ham moto/avto aralash.

Formula GIOL nomli ushbu elektromobilni Luchano Jiol ismli injener yasagan. Bu uning uchinchi elektromobili. Bungacha quyosh batareyali prototiplar yasagan. Injener bu toifa mashinalarni sayr va ishqibozlik uchun yaratadi.

Jiolning antiqa mashinasiga xaridor chiqarmikan? Ehtimol. Sotilmagan taqdirda “Aqlsiz Maks” filmining navbatdagi soni uchun prodyuserlarga pullasa bo‘ladi

Parij avtosalonining eng g‘alati avtomobili namoyish etildi

Parij avtosalonining eng g‘alati avtomobili namoyish etildi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar