Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.09.2016

“Mersedes” 408 ot kuchiga ega elektrokrossoverni namoyish etdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 153
“Mersedes” 408 ot kuchiga ega elektrokrossoverni namoyish etdi

Mercedes-Benz kompaniyasi Parij avtosaloniga 408 ot kuchiga ega Generation EQ elektrokrossoveri kontseptini olib keldi. Prototipning 2019 yildan boshlab seriyalab ishlab chiqariladigan versiyasi Tesla Model X’ga, shuningdek, Audi, Porsche va Jaguar’ning elektr dvigatelli yo‘ltanlamaslari bilan raqobatlasha oladi.

Mercedes-Benz Generation EQ old va orqa o‘qlarda bittadan — jami ikkita elektromotor bilan ta’minlangan. Dvigatellarning birgalikdagi quvvati 300 kilovatt (408 ot kuchiga teng). Krossover besh soniya bo‘lar-bo‘lmas soatiga 100 kilometrlik tezlikka erisha oladi.

Dvigatellar sig‘imi 70 kilovatt-soatli litiy-ionli akkumlyatorlar to‘plamidan quvvat oladi, u bir marta quvvatlantirilganidan so‘ng 500 kilometrgacha yo‘l bosish imkonini beradi. Prototip batareyalarni quvvatlantirishning innovatsion tizimiga ega: avtomobil besh daqiqada yana 100 kilometr yo‘l yurishga etadigan quvvat yig‘a oladi.

“Mersedes” 408 ot kuchiga ega elektrokrossoverni namoyish etdi

Elektrokarda oyna-tozalagichlar va eshik tutqichlari yo‘q, an’anaviy tashqi ko‘zgular esa orqani ko‘rsatuvchi kameralar bilan almashtirilgan. Bundan tashqari, prototipga katta panoramali tom va o‘ziga xos aerodinamik shaklga ega 21 dyuymli g‘ildirak disklari o‘rnatilgan.

“Mersedes” 408 ot kuchiga ega elektrokrossoverni namoyish etdi

Mercedes-Benz Generation EQ’ning saloniga yorug‘lik diodli yoritgichlar, diagonali 21 dyuym bo‘lgan to‘liq raqamli uskunalar paneli, shuningdek, sensorli ikkita OLED-paneli bor ko‘p funktsiyali rul chambaragi o‘rnatilgan. Orqani ko‘rsatish kameralari orqali olingan tasvirlar old eshiklarga qotirilgan qo‘shima monitorlar orqali ko‘rsatiladi.

“Mersedes” 408 ot kuchiga ega elektrokrossoverni namoyish etdi

Prototip BMW, Audi va Daimler kompaniyalari Nokia’dan sotib olgan HERE xarita servisi bazasidagi yangi navigatsion tizim bilan ta’minlangan. “Aqlli” navigator ma’lumotlaridan foydalangan holda krossover elektronikasi harakatlanishning optimal tezligini o‘rnatishi, shuningdek, shassi sozlamalarini o‘zgartirishi mumkin.

“Mersedes” 408 ot kuchiga ega elektrokrossoverni namoyish etdi

Kontsept-karning seriyali versiyasi EQ subbrendi ostida chiqariladi. Mazkur brend orqali Mercedes-Benz o‘zining barcha elektrokarlarini sotishni rejalashtirmoqda. Yangi avtomobillar oilasi kamida to‘rtta model — ikki sedan va ikki yo‘ltanlanmasdan iborat bo‘ladi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar