Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.09.2016

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 262
AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

AQSh prezidentining korteji — bu, bir vaqtning o‘zida, jahondagi eng xavfsiz va eng xavfli avtokarvondir. Amalda u g‘ildirakli Oq uyning o‘zginasi: uning tarkibida maxsus xizmat bo‘linmasi, “o‘chirgich”-mashinalar, hukumat aloqasi vositalari bilan ta’minlangan “Kakkuqush” va hatto “yadroviy tugma”ni olib yuruvchi alohida furgon ham bor. “Motor” nashri Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbarining korteji qanday avtomobillardan tashkil topganini bayon qildi.

Prezident korteji Maxfiy xizmat tomonidan ishlab chiqilgan va tasarruf etish uchun bevosita unga biriktirilgan mashinalardan, shuningdek, aniq maqsadlar uchun maxsus ijaraga olingan avtomobillardan tashkil topgan. Odatda kortej limuzinlar, kuzatib boruvchi yo‘ltanlamaslar va furgonlardan iborat bo‘ladi. Barcha mashinalar u yoki bu uzoq joyga harbiy-transport samolyotlari yordamida etkaziladi. Agar prezident bir kunda uchta shaharga borishi kerak bo‘lsa (masalan, saylov kampaniyasi vaqtida shunday holatlar kuzatiladi), har bir shaharga oldindan alohida samolyot bilan alohida konvoy jo‘natiladi.

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

Maxfiy xizmatga biriktirilgan prezident limuzinlarining aniq soni noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, ularning 16-20 tani tashkil etadi.

Prezident boradigan shaharga mashinalardan tashqari, odatda, yana ikkita vertolyot — VH-3D Sea King yoki VH-60N Black Hawk ham olib kelinadi. Prezidentning tashrifi vaqtida ulardan umuman foydalanilmasa ham, bu vertolyotlar AQSh harbiy-havo kuchlarining og‘ir “yuk tashuvchi” samolyotlari yordamida manzilga etkaziladi: ular favqulodda vaziyatlarda shoshilinch evakuatsiya uchun kerak bo‘lib qolishi mumkin.

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

Bitta prezident tashrifini tashkil etish uchun bir necha harbiy transport samolyotlari kerak bo‘ladi va bu tashriflar davlatga juda qimmatga tushadi. Mashinalar C-17 va C-5 Galaxy samolyotlarida tashiladi.

Kortej oldida “Yo‘nalishni ko‘rsatuvchi avtomobil”, “Birinchi mashina”, shuningdek, “Tozalovchilar” boradi. Ular kolonnaning asosiy qismidan bir necha soniya avval paydo bo‘lib, dastlabki “razvedka”ni o‘tkazadi. Odatda ularning bari politsiya sedanlari va mototsikllaridan tashkil topadi, biroq ba’zida ular bilan birga maxfiy xizmat yo‘ltanlamaslari yoki “Xammer”lar ham harakatlanishi mumkin — masalan, “qaynoq nuqtalar”da shunday tarkibdan foydalaniladi.

“Tozalovchilar”ning ketidan Maxfiy xizmatning butun kolonnaga rahbarlik qiluvchi “Boshlovchi avtomobili” keladi — bu rolda odatda Chevrolet Suburban yo‘ltanlamasi harakat qiladi. Ba’zan uning yoniga ijaraga olingan avtomobil qo‘shilishi mumkin. Misol uchun, AQSh prezidentining Buyuk Britaniyaga tashrifi vaqtida avtokarvonga BMW 7-Series mashinalari ham biriktirilgan edi.

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

“Boshlovchi”ning ketidan prezidentning superzirhli limuzini keladi. Mazkur avtomobil butun dunyoga “Mahluq” nomi bilan mashhur, prezident xavfsizlik xizmati esa uni shartli ravishda “Dilijans” deb nomlaydi.

2009 yili “Kadillak” tomonidan alohida, seriyalab ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga hech bir jihati bilan o‘xshamas loyiha asosida tayyorlangan mazkur avtomobil har turli ayyor tizimlar bilan ta’minlangan — hatto gaz hujumi holatida havoni tozalash tizimi ham bor. Bundan tashqari, avtomobilda qayta quyish uchun guruhi prezidentniki bilan bir xil bo‘lgan qon zaxirasi, tutunli parda chiqaruvchi qurilma va infraqizil ko‘rish uskunalari mavjud.

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

Prezident limuzini shu qadar zo‘rki, ehtimoliy ta’qibchilar uchun “sovg‘a” — o‘zidan keyin moyli dog‘lar ham qoldira oladi.

“Dilijans”ning ikki tomonida ikkita “zaxira” limuzini harakatlanadi. Ular asosiy avtomobilning haqiqiy nusxasi — Maxfiy xizmat shu uchala avtomobilning bariga bir xil raqam belgisi “taqadi”. Bu — ehtimoliy hujum qiluvchilar prezident aynan qaysi limuzinda ekanini bila olmasligi uchun bir chora.

Biror sabab bilan limuzindan foydalanilmasa, prezident zirhli Chevrolet Suburban’da harakatlanadi — uning ta’minoti biroz kamtarona. Maxfiy xizmat odatda qariyb shunday “Suburban”larda vitse-prezidentlarni olib yuradi. Agar gap mamlakat bo‘ylab sayohatlar haqida borayotgan bo‘lsa, u holda AQSh davlat rahbari X3-45 VIP 3 nomli zirhli katta avtobusdan foydalanishi mumkin.

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

Maxfiy xizmat buyurtmasiga asosan ikkita X3-45 VIP 3 avtobusi tayyorlangan. Mashinalar Prevost Car va Hemphill Brothers Coach Company kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan.

Prezident mashinasi yoki avtobusi ortidan miltillovchi qizil-ko‘k chiroqli Chevrolet Suburban’larda prezidentning shaxsiy qo‘riqchilari keladi — odatda bunday mashina hujum vaqtida imkon qadar tezroq munosabat bildirish maqsadida orqa oynalari tushirilgan va orqa bagaj bo‘lmasi derazasi ochilgan holda harakatlanadi.

Shaxsiy qo‘riqchilar yo‘ltanlamasi ketidan “o‘chirgich”-mashina keladi: uni yana “Qo‘riqchi minorasi” deb ham atashadi. Odatda bu rolda tomiga har turli antennalar o‘rnatilgan Chevrolet Suburban harakat qiladi. “O‘chirgich”lar har qanday signallarni o‘chiradi, lazerli qaratishlarni payqay oladi va hatto uchuvchisiz uchar qurilmalarni ham “ko‘radi”.

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

Chapdagi mashina — prezidentga hamrohlik qilayotgan “o‘chirgich”. Shunga o‘xshash antennalar Iroq va Afg‘onistondagi urushlarda qatnashgan zirhli texnikalarga ham o‘rnatiladi va ular ko‘plab tank ekipajlarini o‘limdan saqlab qola olgan.

“Qo‘riqchi minorasi”ning ketidan qo‘riqlash xizmatining qolgan xodimlari, prezidentning shaxsiy shifokori, shuningdek, “yadroviy chemodancha” joylashgan furgonlar yoki yo‘ltanlamaslar keladi.

Konvoyning keyingi a’zolari — juda xavfli yigitlar, Maxfiy xizmatning maxsus bo‘linmasi. Hujum yuz bergan vaqtda ular birinchi bo‘lib jangga kiradi va prezident evakuatsiya qilinmagunicha uni himoya qiladi. Prezidentning shaxsiy qo‘riqchilari kabi, bu kallakesarlar oynalari ochiq mashinalarda harakat qiladi. Biroq, olifta kostyumdagi shaxsiy qo‘riqchilardan farqli o‘laroq, ular tegishli formada bo‘ladi — qo‘lda esa snayperlik miltiqlari, avtomatlar, yorug‘lik-shovqin taratuvchi granatalar.

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

Maxsus bo‘linmaning shundoq ortidan esa razvedkaning ikkinchi mashinasi boradi. Konvoy uchun yo‘lni ochib boruvchi “Tozalovchilar” aynan yo‘ldagi vaziyatni nazorat qilsa, razvedkaning ikkinchi mashinasi yo‘nalish bo‘ylab qo‘yib chiqilgan politsiya xodimlari va fuqaro libosidagi xizmatchilar bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Ular prezident korteji o‘tguniga qadar yo‘ldagi barcha muammolarni hal qilib qo‘yishi kerak.

“Razvedkachilar”dan so‘ng konvoyning eng sirli avtomobili — “tez yordam”ga o‘xshash qora furgon harakatlanadi, mashina ichida biologik yoki kimyoviy hujum vaqtida prezident hayotini saqlab qoluvchi nimadir bor. Uning vazifasi — “xavfli moddalar ta’sirini kamaytirish”. Mashina ichida nima boru, u qanday ishlaydi — jumboq.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, “Mahluq”ning og‘irligi 6,8-9,1 tonna oralig‘ida. Bunday zirhli avtomobilda burilishni amalga oshirish — haqiqiy san’at!

Karvonning oxirida matbuot xizmatining mashinasi, shuningdek, “Kakkuqush” — hukumat aloqasi vositalari bilan ta’minlangan Suburban harakatlanadi. Aynan shu mashina prezidentning butun dunyo bilan aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Yoki Pentagon bilan aloqada bo‘lishini. Vaziyatdan kelib chiqib, “yadroviy chemodancha” ba’zan shu avtomobilda olib yurilishi ham mumkin.

AQSh prezidentining korteji qanday mashinalardan tashkil topgan?

Hukumat aloqasi mashinasi — “Kakkuqush”ni antennalar va tomidagi “o‘rkach”dan oson tanib olish mumkin.

AQSh prezidentining korteji qanchalik zo‘r ta’minlangan va himoyalangan bo‘lmasin, uning hayoti uchun patrul sedanlari va mototsikllaridagi eng oddiy politsiyachilar va mutlaqo oddiy “tez yordam” kafil, xolos. Maxfiy xizmat qora ko‘zoynak taqqan va defibrillyatori bor uchar farishtalarni o‘ylab topolganicha yo‘q. Hozircha o‘ylab topolganicha yo‘q.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar