Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.09.2016

Amerikaliklar uch nodir avtomobil tayyorlamoqda

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 78
Amerikaliklar uch nodir avtomobil tayyorlamoqda

30 oktyabr kuni Las-Vegasdagi SEMA avtoshousida Ringbrothers firmasi o‘tmish va bugunning qiyofasini aks ettirgan uch turdagi avtomobilni taqdim etadi.

Ringbrothers nomli kichik firma, aniqrog‘i kuzov atelesi 1994 yilda Viskonsinda tashkil topgan. Firma asoschilari aka-uka Jim va Mayk Ringlar 50-60-yillar uslubida kuzov tayyorlashi bilan tanilgan. Donor avtomobil sifatida yangi va eski mashinalarni ishlataveradi. Odatda, eski mashinalarni “aft-angorini bejab berish” uchun mijozlar keltiradi.

Las-Vegasda atele 1948 yillar uslubidagi Cadillac V Series retrokupesini namoyish etadi. Unga Madam V nomi berilgan. “Madam”ni yasash uchun ikkita Cadillac ATS-V 2016 ishlatilgan. Bu loyiha atelening tarixida eng murakkabi bo‘ldi.

Amerikaliklar uch nodir avtomobil tayyorlamoqda

Ko‘rsatiladigan ikkinchi avtomobil G-Code nomini olgan “mushakli mashina” (muscle car). “Mushakli mashina” bu 60-70-yillar o‘rtalarida AQShda ishlab chiqarilgan avtomobillar sinfidir. Uning asosida 1969 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Camaro yotibdi.

Amerikaliklar uch nodir avtomobil tayyorlamoqda

Atelening uchinchi avtomobili 1965 yilga mansub Ford Mustang GT500 bo‘lib, Ballistic deya nomlandi.

Amerikaliklar uch nodir avtomobil tayyorlamoqda

Yangi to‘n kiygan eski avtomobillarning texnik ko‘rsatkichlarini aka-uka Ringlar oshkor etmadi. Ammo ichiyu tashi obdon sayqallanishi ma’lum. Dvigatellari kuchaytirilishi tayin, ba’zisining quvvati, hatto, 900 ot kuchigacha etkaziladi.

Ularning barchasi yagona nusxada tayyorlanadi. SEMA avtoshousi boshlanmasdanoq kollektsionerlar sotib olishi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki aka-ukalar oddiy retro uslubidagi mashina emas, san’at asari tayyorlaydi, deyish mumkin.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar