Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.09.2016

Fordning kelajagidan daraklar

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 166
Fordning kelajagidan daraklar

Ford kompaniyasi yanada qulay va shinam transport vositalari ishlab chiqarmoqchi. Uddasidan chiqarmikan? Kompaniyani hozirda avtonom mashinalar, mobillik va yangi turdagi transportlar qiziqtirmoqda.

“Odamlar avtomobilga egalik qilishdan jamoaviy foydalanishga o‘tmoqda. Butun dunyoda karsheringga e’tiborning oshganini va yo‘lovchiga hamrohlar soni ko‘payganini kuzatmoqdamiz. Bundan tashqari yirik shaharlardagi transportning ahvoli mobillikning boshqa usullarini qidirishga majbur qilmoqda. Biz shuning uchun Ford Smart Mobility bo‘linmasini tashkil qildik”, deydi Ford kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori Mark Filds.

Ford Smart Mobility manzilga etib olish uchun qulay transport qidiradi, boshqacha aytganda mobillikni oshirishni ko‘zlaydi. Ularning birlamchi maqsadi avtomobil emas, mobil ilovaning o‘zidir. Iyun oyida Amazon kompaniyasi Amazon Echo xizmatini ishga tushirdi. Bu qanday xizmat bo‘ldi?

Masalan, ertalab avtomobilda ketayotib tiqilinchga duch keldingiz. Amazon Echo bir necha variantni sizga taklif etadi. GoBike dasturidan velosiped ijaraga olib minib ketasizmi yoki shatl-mikroavtobus yo haydovchisiz avtomobil xizmatidan foydalanasizmi? Velosiped – tushunarli, ammo qolgan ikki yo‘l sizni qiziqtirdimi? Bu haqda hikoya qilamiz.

Fordning kelajagidan daraklar

Dynamic Shuttle dasturi doirasidagi Ford Transit mikroavtobuslarida bepul Wi-Fi va USB zaryadlagichlar bor.

Ford Dynamic Shuttle dehqonchasiga aytganda “marshrutka”ning taraqqiy etgan shaklidir. Hozircha, uni Dirbornda Ford Transit mikroavtobuslarida sinashyapti. “Kelajak marshrutkasi”ning o‘ziga xosligi shundaki, u bitta yo‘nalishda yurmasdan mijozlar mobil ilova orqali buyurgan yo‘nalishlarda yuradi. Siz marshrutka buyurasiz va tizim sizga eng yaqin bo‘lgan bo‘sh mashinani jo‘natadi. Bu xuddi taksi buyurtma berishga o‘xshash. Dynamic Shuttle esa barcha yo‘lovchilar manzilining yo‘nalishini puxta ishlab chiqadi.

Fordning kelajagidan daraklar

Ford Fusion sedanining tomida kamera va radar mavjud. Bu apparatlar seriyali avtonom mashinalarning qaerida joylashishi mumkin?

Endi haydovchisiz avtomobil mavzuiga to‘xtalamiz. Ford yo‘lovchi tashuvchi birinchi haydovchisiz avtomobillarni 2021 yildan ishga tushirmoqchi. Ular yuqoridagi taksi xizmati uchun ishlaydi. Ularning ruli va tepkisi bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, mashina belgilangan manzilga o‘zi etib keladi va yo‘lovchini tegishli joyga o‘zi eltadi. Darvoqe, bunday texnologiya ustida rossiyalik mutaxassislar, jumladan, KamAZ va Yandeks ish olib bormoqda, biroq ularni yaqin-orada ommalashtirish haqida biror reja aytilgani yo‘q. Ford esa 2025 yildan avtonom mashinalarni erkin savdoga chiqarmoqchi.

Hozircha tinch ko‘chalarni kezmoqda

Ford Fusion gibrid sedanida sayr qilganlarning aytishicha unda mo‘’jizaviy biror xususiyat yo‘q. Zamonaviy avtomobilda bo‘lgan avtopilot va boshqa texnologik qurilmalarning barchasi unda mavjuddir. Har ehtimolga qarshi haydovchi o‘tiradi va u istalgan vaqtda boshqaruvni qo‘liga oladi.

Fordning kelajagidan daraklar

Tamoman avtonom avtomobil murakkab tuzilishga egadir. Ko‘p sonli kamera va radar, shuningdek, lidarlar (lazer-optik radar) avtomobil atrofidagi sharoitni uzluksiz kuzatadi hamda kompyuter avvaldan tuzib xotirasiga joylangan 3D xarita va yo‘l belgilari bilan solishtirib boradi. Mashina mustaqil harakat boshlab, svetoforda to‘xtay oladi, chorrahada muyulish signalini yoqib buriladi.

Bordiyu, yo‘l qor-yomg‘irli bo‘lsa-chi? Injenerlar bu savolga noaniq javob berishmoqda: “3D xaritalarimiz bor, unda avtomobil erga qattiqroq yopishishi lozim bo‘lgan ob’ektlar aks etgan. Kamiga tizim ko‘plab datchiklar, xususan, ABS yoki ESP yordamida yo‘l qoplamasining holatini baholay oladi. Shunga qaramay, hanuzgacha sinovlar o‘tkazyapmiz”. Nazariy jihatdan hammasi yaxshi, amaliyotda ham yomon bo‘lmaydi, deb xulosa qilamiz.

“Bizning sohamizda avtonom mashinalar Genri Ford yig‘ish konveyerlarini amalga kiritgandan keyingi  ikkinchi inqilobdir” deydi Mark Filds.

Kamchiliklar ham yo‘q emas. Masalan, piyoda yo‘lkani oxirigacha bosib o‘tgunga qadar (hatto, nariga polosaga o‘tsa ham) Ford mashinasi kutib turadi. Mashina qarama-qarshi polosaga chiqib burilishi yoki svetofor chirog‘i yonganda qo‘zg‘alishi, umuman, tig‘iz yo‘ldagi barcha harakati sekin kechadi. Shubhasiz, bu atrofdagi haydovchilarning g‘ashini keltirmasdan qolmaydi.

Avtonom avtomobil nigohidan boqqanda olam shunday ko‘rinadi.

Shuning uchun ham avtomobilsozlar va hukumat avtonom mashinalarni darhol yo‘lga qo‘ygani yo‘q. Hozircha, ularni tinch yo‘lda sinashda davom etilyapti. Buning ustiga, harakatlanishning huquqiy asosi ham to‘la ishlab chiqilmadi. Bu bejiz emas. Avtonom transport piyodani urib yuborsa, kim javobgar? Avtonom mashinalar haydovchili mashinalardan ko‘payib ketsa, ikki toifa yo‘lda murosa qiladimi? Avvalo bu savollarga javob topish kerak.

Savollar mo‘l, Ford esa ularning barchasiga javob topishi lozimligini biladi. So‘rovlar natijasiga ko‘ra, xalq texnologik transportni qabul qilishga tayyordir. Shu boisdan Ford sinov prototiplari sonini 30taga qadar oshirdi. 2017 yilda 90taga chiqaradi va yana bir yil o‘tib aqlli shattl faoliyatini boshlaydi. Ammo aqlli transportga har xil mamlakatlar aholisining munosabati turlichadir. Hindiston va Braziliyaliklarning 75 foizi avtonom mashinani ma’qullasa, ingliz va amerikaliklarning atigi 40 foizi ro‘yxushlik bildirdi. Inglizlar o‘zi boshqaradigan avtomobilidan voz kechmoqchi emas.

Fordning kelajagidan daraklar

Tig‘iz yo‘llardagi harakatga xalaqit bermaslik uchun avtonom mashinalar tinch hududlarda yurmoqda.

Ford yana nimalar va’da qilmoqda?

AQSh avtokontserni faqat mashinani aqllilashtirish ustida o‘ylanayotgani yo‘q. Dirborn poligonida Ford tarixidagi eng kuchli xetchbek Focus RS sinalmoqda. To‘rt tsilindrli turbomotor 350 ot kuchiga ega. U turlicha rejimlarda ishlashi bilan qiziqarlidir.

 “Menga Drift rejimi yoqadi, unda o‘qlarga kuch taqsimoti o‘zgartiriladi, elektronika aylantirish momentini ko‘proq orqaga beradi, shuningdek, amortizatorlar ohista yumshoqlashadi. Unda ko‘tarib-tushishni boshqarib yurish juda osondir”, deydi professional avtopoygachi va Top Gear shousining sobiq sinovchi haydovchisi Ben Kollinz.

Fordning kelajagidan daraklar

Avtomobilga o‘tirgach, kichik trassaga chiqish uchun Track rejimini tanlaymiz. Focus RS tetik o‘t oladi va shiddat bilan oldinga intiladi.

Shinalarning umrini cho‘zish uchun nam asfaltda Drift rejimini yoqamiz. Bu rejim amortizatorni yumshatadi. Tepalikda kuch orqa o‘qqa beriladi.

Fordning kelajagidan daraklar

Ford Fusion Sport sedani esa shiddati bilan ajralib turadi. Qulay shassi, yangi transmissiya va 2,7 litrli turbolashgan EcoBoost V6 motori qo‘shilgan. 325 ot kuchi bor, aylantirish momenti 515 N∙m. Shovqinni so‘ndirish tizimi tufayli salon tinch. Sportcha rejim yoqilgach, amortizator qattiqlashadi, olti pog‘onali avtomat qutiga ulanganda esa mashina tezlashadi.

Fordning kelajagidan daraklar

Ford F-150 chiqqan yiliyoq (2014) “Shimoliy Amerikada yilning yuk mashinasi” e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

“Ford”ning ko‘p yillik bestselleri rasmdagi Ford F-150 rusumi bo‘ladi. O‘n uchinchi avlodi 2014 yilda ishlab chiqarilgan. 10 pog‘onali avtomatga ega. EcoBoost 3.5 V6 turbomotorida 381 otning kuchi bor, aylantirish momenti 637 N∙m.  Nega uzatmalari ko‘p? Yonilg‘ini tejash uchun, albatta. Dinamikasi jihatdan tengdoshlaridan qolishmaydi: garchi Ford tezlanishini rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, sekundomer o‘lchovi 100 km/soat tezlikka 7 soniyada chiqishini ko‘rsatdi.

Fordning kelajagidan daraklar

“Ford” mashinasozlari avtomobilning bir qancha jihozlari va elementlarini qayta ishlangan xom ashyodan (plastik idishlar, shinalar, paxtadan tayyorlangan kiyimlar, alyuminiy bankalar) tayyorlaydi. Bu elementlar qatorida shovqindan himoya qurilmalari, plastmassa detallari, kuzov panellarini sanash mumkin. Organik moddalar ham chetda qolmagan: o‘rindiqlar suyanchig‘i ichidagi yumshoq to‘shama soya ko‘pigidan, elektr simlarining ustki qoplamasi sholi po‘stidan, yonilg‘i quvurchalarining neylon qobig‘i kanakunjut moyi asosida tayyorlangan.

F-150 garchi yuk tashiydigan baquvvat pikap bo‘lsa-da, salonini ko‘rgach, dehqonning mashinasi deb o‘ylamaysiz. Salonga jigarrang charm sirilgan, rul kolonkasi elektr uzatmali, kattakon tomqopqoq (lyuk), atrofni kuzatish kamerasi, 12 va 110 voltli rozetkalar, Sony akustikali Sync 3 multimedia majmuasi bor. Old o‘rindiqlarda ventilyatsiya va massaj mexanizmi mavjud, qolaversa, barcha o‘rindiqlari isitiladi.

Mayda ixtirolarning foydalari

Har yili Further with Ford konferentsiyasi doirasida turli innovatsiya yutuqlari taqdirlanadi. Bu yili uch turdagi ixtiro mukofotga nomzod bo‘ldi. Birinchisi va asosiysi konditsioner suvini ichish taklifi bo‘lib, bu haqda carzone.uz yozgan. Mashinaning ostki qismida to‘planadigan suvni ko‘rganmisiz? Shu suvni ichish taklif etilyapti. Albatta, avtomobilga filtr o‘rnatilgan bo‘lib, avvalo u suvni biologik chiqindilardan tozalaydi. Bir soat mashinada yurib ko‘pi bilan 0,7 litr suv olish mumkin. Suvni bunday olish usuli qurg‘oqchil mintaqalarda asqotishi mumkin.

Fordning kelajagidan daraklar

Nomzodlarning ikkinchisi boshqaruvchisiz Carr-E aravachasidir. 4 g‘ildirakli yapaloq aravacha robot-changyutkichni eslatadi. Unda ultratovushli datchik va GPS priyomnigi bo‘lib, to‘siqlardan aylanib o‘tadi va belgilangan manzilga etib boradi. Carr-E 118 kggacha yuklarni tashishga qodir, asli uning yaratilishidan maqsad ham shu. Tasavvur qiling: mashinadan og‘ir yukingizni tushirib aravachaga ortdingiz, u esa uy eshigigacha sizga ergashib keladi.

Fordning kelajagidan daraklar

Uchinchi ixtiro Phone as Car deb nomlangan ilovadir. Smartfon yordamida mashinaning ayrim funktsiyalarini, jumladan, iqlim nazoratchisi yoki Sync multimedia majmuasini boshqarsa bo‘ladi. Agar haydovchi va yo‘lovchi bir-birining tilini tushunmasa, ilova tarjimon vazifasini ham o‘tay oladi.

Fordning kelajagidan daraklar

Phone as Car ustida hozircha ishlanmoqda, yana bir FordPass tizimidan esa foydalanishga o‘tildi. Bu ilova yordamida mashinani ochish va yopishdan tortib, yonilg‘i miqdorini tekshirish, dvigatelni avtomatik o‘t oldirish vaqtini dasturlash, avtoturargoh haqini to‘lash, dilerlik xizmatiga yozilish, ma’lumot markaziga bog‘lanish ham mumkin. Fusion va Escape rusumlari FordPass ilovasiga moslangan. Ilovani esa Apple va Android smartfonlariga yuklasa bo‘ladi.

Ha, avtonom avtomobillar g‘arb aholisi uchun yangilik emas, ehtiyojga aylanadigan kunlar yaqin. Xo‘sh, dunyoning boshqa mamlakatlari-chi? Aytish kerakki, avtonom mashina noyob superkar yoki elektromobil emaski, chetdan sotib olsangiz va minib ketaversangiz. Avtonom mashina shahar yo‘llarida bexavotir harakatlanishi uchun shahar infrastrukturasining modelini uning xotirasiga joylash, bundan tashqari huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish taqozo etiladi. Barchasi hal etilgan taqdirda ham minglab haydovchilar ishsiz qolishi masalasini bir yoqli qilish lozim. Bu esa bosh qotirishga arziydigan muammodir.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar