Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.09.2016

Italyanlar “Prometey” nomli elektrli sportkar ishlab chiqarmoqchi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 0
Italyanlar “Prometey” nomli elektrli sportkar ishlab chiqarmoqchi

Yaqinda tashkil topgan Zava Hypercars firmasi misli ko‘rilmagan elektrli superkar yaratishga va’da beryapti.

Zava kompaniyasi qarorgohi Italiyaning Paduya shahrida joylashgan. Bo‘lg‘usi sport elektromobili Zava Prometheus S nomini oladi.

Italyanlar “Prometey” nomli elektrli sportkar ishlab chiqarmoqchi

Hozirgi kunda mashina yasalishi bosqichidadir. Shu bois injenerlar uning to‘la tavsifi va narxini oshkor eta olmaydi. Hozircha faqat xira eskizi namoyish etildi.

Sportkarga to‘la quvvati 1341 ot kuchiga teng bo‘lgan to‘rt elektromotor va litiy-ionli akkumulyatorlar bloki o‘rnatiladi. Yo‘l zaxirasi 500 km bo‘ladi. Yuz tezlikka 2 soniyadayoq erishadi, maksimal tezligi 350 km/soatni tashkil etadi.

Xabarlarga asoslanib xulosa yasasak, italyan mashinasozlari aniq buyurtma asosida tayyorlanadigan superkar yasamoqda. Har bir elektromobil o‘ziga xos saloni va ekstereri bilan ajralib turadi. Muhimi, buyurtmachining cho‘ntagi baquvvat bo‘lishidir.

Yanada batafsil ma’lumotlar yil oxirigacha ma’lum qilinadi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar