Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

Yangilangan Kia Soul taqdimotdan so‘ng sotuvga chiqariladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 84
Yangilangan Kia Soul taqdimotdan so‘ng sotuvga chiqariladi

Yangilangan Kia Soul krossoverining sportcha versiyasi ishlab chiqildi. Krossoverga benzinli 1,6 T-GDI turbomotor o‘rnatiladi, uning quvvati 204 ot kuchiga teng. Turbomotor yuz tezlikka 7,8 soniyada chiqish imkonini beradi. Soul GTning maksimal tezligi esa soatiga 200 km.

Yangilangan Kia Soul taqdimotdan so‘ng sotuvga chiqariladi

Modifikatsiyaga avvalgidan kuchliroq tormoz mexanizmi o‘rnatilgan. Katta havotortarli (vozduxozabornik) tajovuzkor bamperlar, tutun chiqarish quvurchasi va 18 dyuymli g‘ildirak disklari avtomobilga xosdir. Mashina saloniga charm va mato qoplangan.

Kia Soulning oddiyroq modifikatsiyasi ham bo‘lib, diodli ksenon farasi, orqa chiroqlari bilan ajralib turadi.

Soulda harakatlanish rejimlarini tanlash funktsiyasi bor. U orqali oddiy, ekologik va sportcha ish rejimini tanlash mumkin. Avtomobilning 5, 7 va 8 dyuymli monitorga ega mediatizimlari mavjud. Apple CarPlay va Android Auto platformasi ishlaydi. Salonning orqa qismida qurilmalarni zaryadlash uchun USB-ulagichlar o‘rnatilgan. Yangilangan Kia Soul “ko‘rinmas zona”larni kuzatish tizimi bilan jihozlangan.

Yangilangan Kia Soul sportcha GT versiyasi bilan birga Parijda namoyish etilganidan keyin darhol Evropada sotila boshlaydi.

Bundan tashqari Parijda yangilangan Kia Carensning namoyishi ham kutilmoqda. Etti o‘rindiqli miniven katta o‘zgarishga uchramagan, atigi o‘rindiqlarining jildi va mediatizimi o‘zgargan. Miniven ham oktyabrdan boshlab Evropada sotiladi.

Yangilangan Kia Soul taqdimotdan so‘ng sotuvga chiqariladi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar