Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

Kamolot-TUR IX milliy yoshlar velomarafonining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 196
Kamolot-TUR IX milliy yoshlar velomarafonining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning  24 sentyabr kuni Namangan shahrida «Sof-savdo» majmuasidan «Tinchlik maydoni» yo‘nalishi bo‘yicha Kamolot-TUR IX milliy yoshlar velomarafoni bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahridagi «Sof-savdo» majmuasi oldidan sportchilarga start berildi.

Velomarafonning tantanali yopilish  marosimi shahrimizdagi «Tinchlik maydoni»da bo‘lib o‘tdi. Tadbirni «Kamolot» YoIH Namangan viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Dilnoza Akramova ochib berdi va barchani mustaqilligimizning 25 yillik bayrami bilan qutlab, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoshlarimizning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgani, ayniqsa viloyatimiz yoshlari ham bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, bugungi kunda yuqori natijalarga erishayotganlari to‘g‘risida aytib o‘tdi hamda bugungi musobaqa haqiqiy sport bayramiga aylanib ketganini ta’kidladi.

Harakatning viloyat Kengashi raisi M.Ubaydullaev so‘zga chiqib, marafonning  1-bosqichi tuman(shahar)lardagi havaskor velosportchilar o‘rtasida 2016 yilning 1 avgust kunidan 30 avgust kuniga qadar o‘tkazilganini, musobaqalarning birinchi bosqichida tuman (shahar)lardan jami 3000 nafarga yaqin xavaskor velosportchi yoshlar ishtirok etganini aytib o‘tdi.

Kamolot-TUR IX milliy yoshlar velomarafonining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi

Velomarafonning viloyat bosqichida 108 nafar mahalliy bosqichda g‘olib bo‘lgan hamda 648 nafar havaskor (jami 756 nafar) velopoygachilar «Sof-savdo» majmuasidan «Tinchlik maydoni» yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdilar. Mazkur yo‘nalish bo‘ylab 2000 nafardan ziyod o‘quvchi-yoshlar sportchilarni tantanali qo‘llab-quvvatlab turdilar.

Velomarafonni viloyat Velosport federatsiyasining malakali hakamlar hay’ati baholab bordilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 9-14 yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rinni Namangan shahridan Nuriddinov Akbar, 15-17 yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rinni Namangan shahridan Ikramov Umid, 18-30 yosh toifasida 1-o‘rinni Namangan shahridan Xodjiev Shuhrat qo‘lga kiritdi.

Shuningdek velopoygada faol ishtirok etgan bir qator sportchilarga «Faxriy poygachi», «Eng mahoratli texnik poygachi», «Eng yosh poygachi» nominatsiyalari berildi.

Kamolot-TUR IX milliy yoshlar velomarafonining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi

Musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan yoshlar joriy yilning 1-2 oktyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Respublika final bosqichida ishtirok etadilar.

Tadbir so‘ngida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar «Kamolot» YoIH viloyat Kengashi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, fahriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar