Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

Zotye nemis avtomobilidan nusxa ko‘chirdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 92
Zotye nemis avtomobilidan nusxa ko‘chirdi

Zotye kompaniyasi SR8 nomli yangi krossoverining fotosuratlarini rasman taqdim etdi.

Osmon osti mamlakati avtomobilsozlari taniqli brendlardan tortinmasdan nusxa ko‘chirishi ajablanarli hol emas. SR8 krossoverining dizayni nemislarning Porsche Macan avtorusumi bilan deyarli bir xil. Shunday bo‘lsa-da, “Zotye”ning yangi krossoveriga oid ayrim ma’lumotlar bor.

Zotye nemis avtomobilidan nusxa ko‘chirdi

Konveyerga borgunga qadar krossover nomi Zotye T700 bo‘lsa, hozir SR8 deb nom oldi. Xitoycha “Makan”ga 1,5 litrli (150 ot kuchi) va 2 litrli (190 ot kuchi) turbomotor o‘rnatiladi. Motorlar Shenyang-Mitsubishi qo‘shma korxonasida yasalgan. Besh pog‘onali mexanik va olti pog‘onali avtomatik qutilar bilan ishlaydi.

Zotye nemis avtomobilidan nusxa ko‘chirdi

Mashinaning dinamik ko‘rsatkichlari keltirilmagan bo‘lsa-da, nemis mashinasidan ancha orqada ekanligi ma’lum. Ammo qiyofasi Hasan-Husan kabi o‘xshash. Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki saloni, ruli, uskunalar paneligacha “tikka ko‘chirilgan”. Porsche plagiatda ayblashidan Zotye cho‘chimaydi, chunki bundan avval Audi Q3 (Zotye SR7), Volkswagen Tiguan (Damai X5) i Audi Q5 (Zotye T600) avtomobillaridan bemalol nusxa olib, suvdan quruq chiqqan.

Shubhasiz, Zotye SR8ning ustunligi narxida bo‘ladi. Xitoyda uning bahosi 88800-99900 yuan, ya’ni 13300-15000 AQSh dollari. Asl Porsche Macan esa 558000 yuan (taxminan 83 ming dollar) turadi.

Zotye nemis avtomobilidan nusxa ko‘chirdi

Original Porsche Macan

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar