Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

Peugeot “Dakar” rallisiga mo‘ljallangan prototipni ko‘rsatdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 78
Peugeot “Dakar” rallisiga mo‘ljallangan prototipni ko‘rsatdi

Frantsiyaning Peugeot avtokontserni namoyish qilgan avtomobil uchqur bolidning prototipi sanaladi. Mazkur mashina turli rallilarda, jumladan, Dakar rallisida ishtirok etadi.

Peugeot 3008 DKR nomini olgan bolid quvurlardan tashkil topgan ramada qurilgan. Kuzov panellari karbondan ishlangan. Old va orqada ikkita ko‘ndalang richagli texnologik osmalari bor. Har bir g‘ildiragida qo‘shimcha prujinalari va ikkita amortizatori mavjuddir.

Peugeot 3008 DKR avtorusumining uzunligi 4312, kengligi 2200, g‘ildiraklar bazasi 3000 mm. Baki 400 litr yonilg‘ini sig‘diradi.

Peugeot “Dakar” rallisiga mo‘ljallangan prototipni ko‘rsatdi

Uchqur avtomobilga uch litrli, olti tsilindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, ikkitalik turbodamlash texnologiyasiga ega. Motorining quvvati 340 ot kuchiga teng. Yo‘ltanlamas soatiga 200 km yo‘l bosishga qodir. Peugeot 3008 DKR avtorusumi Red Bull, Sparco, Total va BF Goodrich kompaniyalari bilan hamkorlikda yasaldi.

Avtomobilni poygachi Karlos Saynts birinchi bo‘lib sinab ko‘radi. Sinov shu yilning 3 oktyabr kuni Marokashda ralli reydda o‘tkaziladi.

Peugeot “Dakar” rallisiga mo‘ljallangan prototipni ko‘rsatdi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar