Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

Mercedes-Benzdan yangi elektrli yuk mashinasi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 107
Mercedes-Benzdan yangi elektrli yuk mashinasi

Urban eTruck nomini olgan muhtasham yuk avtomobilini Mercedes Gannoverdagi tijoriy transport ko‘rgazmasida namoyish etdi.

Mercedes-Benzdan yangi elektrli yuk mashinasi

Mercedes-Benz Urban eTruck yangi yuk mashinasining prototipi bo‘lib, Future Bus shahar avtobusi va Vision Van mikroavtobusi bilan birgalikda kompaniyaning kelajakdagi tijoriy va jamoat transporti bo‘g‘imini shakllantiradi.

Mashinani ikkita uch fazali elektromotor harakatga keltiradi. Motorlarning umumiy quvvati 340 ot kuchiga teng, aylantirish momenti 1000 N∙m. Dvigatellar umumiy sig‘imi 212 kVt∙soat bo‘lgan uchta litiy-ionli batareyadan oziqlanadi. Elektromobilning standart versiyasi to‘la zaryadi bilan 200 km yo‘l bosadi.

Mercedes-Benzdan yangi elektrli yuk mashinasi

Mashina uch ish rejimida ishlaydi: Auto, Agile va Eco. Birinchi rejimda avtomatika yo‘ldagi sharoitga qarab tegishli quvvatni o‘zi tanlaydi. Agile nomli ikkinchi rejimni engil avtomobillarning qutisidagi sport rejimi bilan qiyoslash mumkin. Eco rejimiga esa maksimal yo‘l zaxirasi xosdir.

Mercedes-Benzdan yangi elektrli yuk mashinasi

Mercedes-Benz Urban eTruck zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Masalan, orqani ko‘rish oynalari batamom kamera bilan almashtirilgan. Mashinaning planshetli kompyuteri bor va uning yordamida texnikaning holatini masofadan kuzatib tursa bo‘ladi.

Mersedeschilar Urban eTruckni 2018 yildan boshlab yalpi ishlab chiqarishga va’da berishyapti.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar