Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

O‘zbekistonda yo‘l harakat xavfsizligi davlat xizmati inspektorining huquqlari va majburiyatlariga oid savol-javoblar

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 238
O‘zbekistonda yo‘l harakat xavfsizligi davlat xizmati inspektorining huquqlari va majburiyatlariga oid savol-javoblar

Fotosurat diyonat-press.uz saytidan olindi

[/i]Share to Facebook [/i]Share to Twitter [/i] [/i] [/i] [/i]

YHXDX inspektori qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

YHXDX inspektori to‘liq formada bo‘lishi kerak. Tunda egnida nur qaytaruvchi kamzul bo‘lishi shart. Shuningdek, ko‘kragida shaxsiy raqamli jeton va jeton raqami yozilgan shaxsiy guvohnoma bo‘ladi. Belgilangan tartibda ola tayoqchasi bo‘lishi kerak.

Haydovchi inspektordan hujjatlarini ko‘rsatishni talab qila oladimi?

Haydovchi talabiga ko‘ra inspektor hujjatlarini ko‘rsatishi shart. Ammo uni haydovchining qo‘liga berishi shart emas.

Ruldagi haydovchining majburiyatlari nima?

Qonun-qoidalarga rioya etishi hamda mashina, tirkama, yuk (agar bo‘lsa), texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi taloni, ekologik talon va tegishli kategoriyadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak. Inspektor talabiga ko‘ra to‘xtashi, hujjatlarni ko‘rsatishi, zaruriyat tug‘ilganda inspektor talabiga ko‘ra tibbiy ekspertizadan o‘tishga (masalan, alkogolga) borishi lozim.

Inspektor to‘xtatganda mashinadan tushish kerakmi?

Haydovchini to‘xtatishganda mashinadan tushmaslikka haqqi bor. Qolaversa, inspektor kelib, o‘zini tanishtirishi, ya’ni ism-sharifi, unvoni va vazifasini aytishi kerak.

Haydovchining roziligisiz mashina raqamini echib olib ketishga inspektorning huquqi bormi?

YHXDX xodimlari avtotransport vositasi agar

— texnik ko‘rikda nosoz deb topilganda;

— texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaganda;

— tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlanganda

qayddan o‘tgan davlat raqamini echib olishga haqlidir.

Yo‘llarga o‘rnatilgan foto- va videomoslamalar qoidabuzarlikni qayd qilganda protokol tuziladimi?

Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd qilish moslamalari vositasida belgilangan harakatlanish tezligidan oshib ketish va svetoforning taqiqlovchi signalida o‘tib ketish fakti bo‘yicha ma’muriy qoidabuzarlik qayd etilgan holatda yo‘l harakati Qoidalari buzilganligi to‘g‘risida protokol tuzilmaydi.

Kamerada qayd etilgan yo‘ldagi qoidabuzarlik haydovchilik taloniga belgilanadimi?

Foto va videoyozuvlar bilan tasdiqlangan ma’muriy qonunbuzarlik talonda belgilanmaydi.

YHXDX xodimi protokolni rasmiylashtirgandan so‘ng haydovchilik guvohnomasi va talonni olib qo‘yishi mumkinmi?

Yo‘q. Protokol rasmiylashtirilgandan keyin haydovchilik guvohnomasi va talon haydovchiga qaytarilishi kerak, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda transport vositasini boshqarishdan mahrum qilish ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunday vaziyatda haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi, talon esa haydovchiga qaytariladi. Dastlabki ma’muriy ish ko‘rilayotgan paytda takror qoidabuzarlik sodir qilinsa, talon olib qo‘yiladi va qoidabuzarga vaqtincha ruxsatnoma beriladi.

Radarga tushganda nimaga e’tibor berish kerak?

Radar tezlik bilan birga avtomobilingizning davlat raqamini ko‘rsatishi kerakligini esda tutish lozim. Faqat shunday holatdagina belgilangan tezlikdan oshib ketish holati haqida so‘z ochish mumkin.

Tezlik 5 km/soatdan kamroq oshib ketsa, protokol tuziladimi?

Yo‘q. Ruxsat berilgan tezlikdan 5 km/soat va undan ortiqroqqa oshib ketgan holatda ma’muriy protokol tuziladi. 5 km/soatdan kamroq oshsa tuzilmaydi.

uznews.uz va norma.uz ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar