Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.09.2016

Avtopoygachining g‘alabasi… sinoptikning qo‘lida

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 102
Avtopoygachining g‘alabasi… sinoptikning qo‘lida

Shiddatli avtopoyga musobaqalarini barchamiz tomosha qilganmiz. Avtopoyga deganda dong‘i ketgan Shumaxer yodimizga keladi. Ba’zan mexanik va menejer nomlari qulog‘imizga chalinadi. Boshqa hech kim. Haqiqatan ham shundaymi? Avtopoygachining yutug‘i ortida faqat 1-2 mutaxassis turibdi desangiz, adashasiz. Parda ortida butun bir jamoa bor.

Avtopoygachining g‘alabasi… sinoptikning qo‘lida

Ob-havo sharoiti noqulay kelganligi sababli…

Hojiboy Tojiboevning bahonachi fermerining iborasini bejizga keltirmadik. “Monte-Karlo” rallisida ishqibozlardan farqli ravishda osmonga sinchiklab tikilayotgan, shamolga quloq solayotgan va ufqqa boqayotgan odamlarni uchratish mumkin. Ular meteorologiya mutaxassiclaridir.

Avtopoygaga hech qaysi jamoa shtatli sinoptiklarsiz kelmaydi, xususan, musobaqa ob-havosi injiq hudud va mavsumda o‘tkazilganda. “Monte-Karlo” tog‘ rallisi 1911 yildan beri o‘tkaziladi va har safar avtosport haftaligi iqlim kaleydoskopiga aylanadi.

Bu kadrlar sinoptikning ishi naqadar muhimligidan dalolat beradi. “Monte-Karlo” rallisida ob-havo va qoplamalar qanchalik tez o‘zgarishiga baho bering.

Trassaga oid ob-havo ma’lumoti bo‘lmasa, poygachi va injenerlar hassasi yo‘q so‘qir holiga tushadi. Smartfon ilovasidan ob-havoni bilsa bo‘lmaydimi, deb so‘rashingiz mumkin. Bo‘ladi, ammo bunday bashoratlar katta hududni qamrab oladi, buning ustiga hamisha to‘g‘ri chiqavermaydi. Shu sababli poyga jamoasining o‘ziga alohida sinoptik kerak.

Haqiqiy vaqtda ob-havoni kuzatuvchi shaxs markazga xabar etkazadi, u erda esa mutaxassislar yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, meteorologik xizmat rahbariyatiga taqdim etadi. Ma’lumotlar ob-havoning sun’iy yo‘ldosh xaritasi bilan solishtiriladi va musobaqa o‘tkaziladigan har bir yo‘nalishning aniq prognozlari belgilanib, poygachilarga tegishli tavsiyalar beriladi.

Avtopoygachining g‘alabasi… sinoptikning qo‘lida

Sinoptiklar ob-havoni aytib berish bilangina cheklanib qolmaydi. Masalan, aylanma poygada meteorolog bashoratisiz to‘g‘ri taktika qilishning iloji yo‘q.

Poyga jamoasining 80-100 a’zosidan o‘ntacha mutaxassis ob-havoga mas’uldir. Ha, injiq ob-havo sharoitida yaxshi sinoptiklarsiz yutuqdan umid qilmasa bo‘laveradi.

Yo‘lni razvedka qilinadi

Ralli vaqtida maxsus uchastkada fuqarolarning harakatlanishi to‘xtatiladi. Ammo bunga qadar umumfoydalanish yo‘llarini razvedkachi deb ataluvchi mutaxassislar yaxshilab tekshirib chiqadi.

Avtopoygachining g‘alabasi… sinoptikning qo‘lida

Kol de Turini dovoni orqali o‘tgan yo‘l chetida pachoqlangan mashinalar ko‘p uchraydi. Poygagacha kech bo‘lmasdan, yo‘lni avvalroq razvedka qilish lozim.

Razvedkachilar poygadan bir necha kun avval yo‘lni sinchiklab tekshirishga kirishadi. Ob-havo avzoi buzilganda yo‘lning qaysi qismida nosozlik paydo bo‘lishi ehtimolini o‘rganadi. Shuningdek, tahlil uchun tezlik stenogrammasini yozib boradi. Ba’zan poyga paytida umuman ko‘zda tutilmagan holatlar yuz beradi, masalan, tomoshabinlar yo‘lga qorni dumaloqlab tashlaydi.

Razvedkaga borish mutaxassisdan katta mas’uliyat va tajriba talab qiladi. Razvedkachi nafaqat yo‘l nosozliklarini, balki, unda poyga avtomobili qanday yurishini ham oldindan bilishi lozim. Shuning uchun bu ishni, ko‘pincha, eski poygachilar bajaradi.

Poygachi musobaqadan qaytadi va darhol dam olishga ravona bo‘ladi. Mashinaga qarash va ekipirovka ishlari bilan maxsus tayinlangan shaxslar shug‘ullanadi.

Shunday qilib, poygachining issiq-sovug‘i, parvarishi, mashinaning qarovi xizmatchining zimmasidadir. Ularni hech kim malay yoki g‘ulom deb hisoblamaydi, chunki avtopoygadagi g‘alaba ortida ko‘pchilikning mehnati yotganini soha ichidagilar yaxshi anglaydi. Qolaversa, kichik maishiy muammo sabab poygada yutqazish butun jamoaning mag‘lubiyatidir.

“Sen g‘olib bo‘lishing kerak”

Poyga jamoasida shifokor bor, massajchi bor, kim qolib ketdi? Ruhiyatshunos, mentalist. “Poygachi o‘ktam yigit, burnini tortib yig‘lamaydi, ruhiyatshunosning nima keragi bor?” — demang.

Ekstremal vaziyatda stressga tushmagan kishini topish qiyin. Poygachi esa qilichning tig‘ida yuradi. Hatto tajribali sportchi ham o‘zini ruhiy bosim ostida sezishi mumkin. Mentalistning vazifasi avtosportchining hayajonini aritish va to‘g‘ri motivatsiya berishdir.

Sportchi poygaga shaylanadi, tayyorgarlik joyida, texnika bekamu ko‘st, biroq rulga o‘tiradi-yu… shu zahotiyoq omad undan yuz o‘giradi. Aybdorni qidiradi – topolmaydi. Dard ustiga chipqondek, ketma-ket xatolar sodir qila boshlaydi. Gohida bir xato halokatga olib keladi!

Ba’zan esa avtopoygachini xavotir o‘z domiga tortadi va u umidsizlarcha rulga o‘tiradi. Bunday holda g‘alabani kutishning o‘zi kulgili. Mana mentalist nega kerak?

Mentalist muolajasidan so‘ng avtopoygachining o‘ziga ishonch hissi mustahkamlanadi. Ulkan mas’uliyat hissi jo‘sh uradi, yashin tezligida manyovrlarni amalga oshirib raqiblarni changida qoldirishga oshiqadi. Mentalist joniga oro kirmasa, avtopoygachi trassadan uchib chiqishi va qolgan umrini hassa tayanib o‘tkazishi ehtimolga yaqin.

Mental murabbiyning vazifasi sportchini har qanaqa holatda ham sovuqqonlikka o‘rgatishdir.

Tiqin yopuvchi va boshqalar

Pit-stop bu poyga chog‘ida sportkarni ta’mirlash, yonilg‘i quyish, g‘ildiraklarni yuvish, shina almashtirish kabi ishlar bajarish uchun to‘xtashdir. Bu vaqtda mashina orqasidan chiqayotgan uchqunni o‘chiruvchi mutaxassisgacha tayinlanadi. Tayoqqa o‘rnatilgan banka tutgan kishi shu ishni bajaradi.

Avtopoygachining g‘alabasi… sinoptikning qo‘lida

Umuman olganda, avtopoygadagi g‘alabi faqat poygachiniki emas, ko‘pchiliknikidir. Shuning uchun poyga jamoasi a’zolari “men” emas, “biz” deb gapiradi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar