Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

Fiat Chrysler dunyo bo‘yicha 1,9 mln avtomobilini qaytarib olyapti

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 65
Fiat Chrysler dunyo bo‘yicha 1,9 mln avtomobilini qaytarib olyapti

Reuters agentligi Italiya-Amerika avtomobilsozlik kompaniyasining ma’lumotiga asoslanib sarlavhadagi xabarni tarqatdi.

Kompaniya avtomobillarining xavfsizlik tizimida kamchilik aniqlangan. Ba’zi turdagi avariyalarda xavfsizlik yostiqchasi ishlamaydi, shuningdek, xavfsizlik kamarida nuqson bor.

2010-2014 yillarda chiqarilgan Chrysler Sebring, Chrysler Cirrus, Chrysler 200, Dodge Caliber, Dodge Avenger, Lancia Flavia, Jeep Patriot va Jeep Compass avtorusumlarining barchasi qaytarib olinadi.

Mashinalar eng ko‘p qaytarib olinadigan mamlakat AQShdir. Okean ortidan 1,4 mln avtomobil qaytariladi. Bundan tashqari, Kanadadan 142 ming, Meksikadan 81 ming, qolgan mamlakatlardan 284 ming mashina qaytadi. Rossiyaliklar ham 3021 dona mashinani qaytarib beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik yostiqchasi nosozligi tufayli 3 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi shikast ko‘rgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar