Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Avtomobilingiz xakerdan himoyalanganmi?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 123
Avtomobilingiz xakerdan himoyalanganmi?

Zamonaviy mashina — g‘ildirakli kompyuter. Shunday ekan, xaker nega mashina tizimini buzishga urinib ko‘rmasin?

Avtomobilingiz xakerdan himoyalanganmi?

Mohir xaker mashinaning berk eshigini zumda ochib, salonni ship-shiydon qilib keta oladi. Mashinani ochish uchun unga yaqin borishi ham shart emasligiga ishonavering, barchasini masofadan boshqaradi. Darvoqe, avtomobilingiz zamonaviy elektron tizimlar bilan himoyalangan bo‘lsa, aynan siz xaker qurboniga aylanishingiz ehtimoli katta! Carzone.uzning ushbu maqolasi almisoqdan qolgan mashina sohiblari uchun emas, ayni siz uchundir.

Zamonaviy qulfbuzarlik

Qulfi buzilsa, mix tiqib ochadigan, 13-raqamli kalit yordamida deyarli barcha detallarini bo‘shatish mumkin bo‘lgan sodda avtomobillar davri o‘tdi. Bugun eng hamyonbop mashinaning ham elektron qismlari talayginadir. Oyna ko‘targichdan tortib, shina bosimi datchigigacha, dvigatelning boshqaruv blokidan tortib, multimedia tizimigacha barchasi elektronlashgan.

Mashinangizning elektron qulfini buzgan qaroqchi sizga qanday tashvishlar orttirishi mumkin?



Eshikni ochgach, salon yoki yukxonadagi qimmatli buyumlarni o‘marib ketadi. Darvoqe, u na oynani sindiradi va na eshik qulfini mexanik tarzda shikastlaydi.



Mashinangizni olib qochadi va izni yo‘qotish uchun birato‘la sun’iy yo‘ldoshli kuzatuvni o‘chirib qo‘yishi mumkin.



Eng yomoni – mashinangizni masofadan turib boshqarishi, avtohalokat sodir etishi yoki terakt maqsadida foydalanishi mumkin.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis avtomobilni masofadan turib boshqarish mumkinligini namoyish etishiga ahamiyat bering. Serqatnov yo‘lga haydovchisiz holatda chiqib ketsa, nima ro‘y berishini tasavvur qilyapsizmi?

70-yillar va XXI asr texnologiyalari

Bort elektronikasining asosiy ish printsiplari 1970-yillardan beri deyarli o‘zgarmay kelmoqda. Avtomobilsozlar boshqaruv blokiga har bir datchikdan, tugmadan va ijrochi mexanizmdan alohida bir juft sim tortish murakkab bo‘lganligi uchun CAN-shinani (Controller Area Network) o‘ylab topishdi. Unda umumiy magistralda barcha modullar jam bo‘lib, har biri buyruqni uzatadi va qabul qiladi.

Bu tizim ofisdagi mahalliy tarmoq kabi ishlaydi: muayyan kompyuter o‘ziga mo‘ljallangan paketni oladi hamda ularni bir-biriga bog‘lash shart emas.

Tizimning nozik jihati shundaki, komanda beruvchining legitimligi tekshirilmaydi. Shuning uchun xaker CAN-shinaning tilini topsa, mashinaning barcha tizimlarini boshqara oladi.

Eshiklarni ochish buyrug‘ini berish juda oson amalga oshadi. Shu tariqa qulfbuzar salondagi qimmatli buyumlarni o‘g‘irlab ketishi yoki mashinaning o‘zini olib qochishi mumkin. Keraksiz vaqtda tormoz berish mumkin, rulda elektrkuchaytirgich bo‘lsa, xaker uni boshqarishi imkoniyati paydo bo‘ladi.

E’tibor bering – gap robokar haqida emas, tipik zamonaviy mashina haqida ketyapti.

Avtomobil miyasiga qanday yo‘l topsa bo‘ladi?

Avtomobilingiz xakerdan himoyalanganmi?

CAN-shinaga diagnostik OBD-ulagich orqali “qo‘l uzatish” mumkin. Ulagich uskunalar paneli tagida joylashgan. Mashina egasini bir zumga chalg‘itib, “qo‘ng‘izcha”ni tegishli joyga tiqib qo‘yish oppa-oson. Bundan tashqari Bluetooth-modul, navigatsiya kartasining diski yoki MP3 faylli fleshka orqali ulanish usullari ham bor.

LTE modemli “tarmoqdagi avtomobillar” keng tarqalsa, mashinaga internet orqali “qo‘l uzatish” ham osonlashadi. O‘tgani yili Wired jurnalisti Jeep Cherokee avtomobilini ko‘ngilli ravishda qulfbuzar-xakerlar ixtiyoriga havola qildi. Tajriba mobaynida xakerlar “qo‘ng‘izcha”dan foydalanmasdanoq mashinani avtomagistralda to‘xtatish, yo‘l chetiga ehtiyotkorlik bilan joylashtirib, eshiklarini qulflash va radioda musiqa qo‘yishning uddasidan chiqdi.

Shundan keyin Chrysler kompaniyasi sotilgan bir yarim millionga yaqin avtomobilni sozlash uchun qaytarishga chaqirdi. Avtomobil egalarining baxtiga ish oson ko‘chdi: pochta orqali jo‘natilgan USB fleshka orqali dastur yangilandi va ustaxonaga borishga ehtiyoj qolmadi.

Kalitsiz ochishni qanday uddalashadi?

Tizimning ish tartibi o‘ta sodda, hattoki jo‘n desa bo‘ladi: tasodifiy kod va muayyan algoritm bo‘yicha unga mos keluvchi javob kaliti orqali ochiladi. Biror sabab bilan javob kelmagan taqdirda ham natija baribir to‘g‘ri hisoblanadi va kod buzuvchi keyingi gal xuddi shu kodni kiritsa, mashina eshigi ochiladi.

Umuman olganda qulfbuzarlik ilmi avtomobil bloklanib qolgan vaqtda asqotadi. Masalan, Volvoning yangi avtomobillarining detalini osongina almashtirishning iloji yo‘q – himoyaviy dastur o‘rnatilganligi sababli mashina uni “ko‘rmaydi”. Xakerlar esa rasmiy dilerdan detalni qimmat narxda xarid qilishni istamaganlarga oddiy detalni mashina “ko‘radigan” qilib beradi.

Mashinani xakerdan himoyalash uchun nima qilish lozim?



Avtomobilga ilova o‘rnatishning imkoni bo‘lsa, shubhali manbalardan aslo ilova-dastur yuklamang, qimmat dasturni bepul qo‘lga kiritishga uchmang. Hattoki, navigatsiya xaritalarini dilerdan olishingizni tavsiya qilamiz.



Avtomobilingizning elektronikasini ta’mirlashni to‘g‘ri kelgan ustaga ishonib topshirmang. Odatda, ular “piratskiy” dasturlar ishlatadi. Natijada bu dastur sizga ham o‘tadi.



Mashinaga hatto yangi shina kiygazganingizda yoki yuvdirganingizda ham OBD-portga “qo‘ng‘izcha” o‘rnatilmaganligini tekshirib ko‘ring.

Kelajakda esa avtomobilsozlar elektron tizimlarini mukammallashtirishlaridan umid qilamiz. Ammo hozircha murakkab elektron qulflarni ham buzishning imkoni bor ekan, “o‘zingni ehtiyot qil va qo‘shningni o‘g‘ri tutma” mataliga amal qilishga to‘g‘ri keladi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar