Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.09.2016

Buxoroda «Toza havo» tadbiri davomida 20 ming avtomobil nazoratdan o‘tkazildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 78
Buxoroda «Toza havo» tadbiri davomida 20 ming avtomobil nazoratdan o‘tkazildi

Buxoro viloyatida an’anaviy «Toza havo» tadbirining joriy yilgi ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda sog‘liqni saqlash, ichki ishlar boshqarmalari vakillari, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish inspektsiyalari mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbir avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlarning atmosfera havosiga ta’sirini kamaytirish, haydovchilarning tabiatni asrash borasidagi mas’uliyati, ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Dizel yonilg‘isi va benzinda ishlaydigan avtomobil vositalari harakatlanganda havoga is gazlari, uglevodorod va boshqa turdagi birikmalar, kantserogen moddalar chiqaradi. Bu ayniqsa, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiyki, avtotransport vositalari texnik sozligini ta’minlash ekologik muammolarni kamaytirishning muhim shartidir.

«Toza havo» tadbirining dastlabki 20 kunida yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari, serqatnov magistrallar, avtokorxonalar kirish-chiqish joylarida qariyb 20 ming avtomobil nazoratdan o‘tkazildi. Ularning 108 tasida chiqindi gazlar miqdori davlat standartida belgilangan darajadan yuqoriligi aniqlandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan transport vositalari ekosozligini me’yorlashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Avtomobillarning havoni ifloslantirish darajasini kamaytirishda ularning gaz yonilg‘isida ishlashga o‘tkazilishi muhim o‘rin tutadi. Joriy yil birinchi yarmida viloyatda 578 avtomashina ana shunday yonilg‘i turiga texnik moslashtirildi. Buning natijasida mazkur transport vositalari tomonidan 243,2 tonnadan ortiq zaharli gazlar atmosfera havosiga chiqarib yuborilishining oldi olindi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar