Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

“Voditeli Tashkenta” ijtimoiy guruhi Prezident ziyoratiga borayotgan nafaqaxo‘rga hadyalar topshirdi (video)

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 132
“Voditeli Tashkenta” ijtimoiy guruhi Prezident ziyoratiga borayotgan nafaqaxo‘rga hadyalar topshirdi (video)

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi xayrli ishga qo‘l urmoqda. Ular, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish uchun Namangandan velosipedda yo‘lga otlangan Husan otaga yangi velosiped sovg‘a qilishga ahd qildi. Nafaqaxo‘r u bilan kelasi yilda Saudiya Arabistoniga hajga borishni rejalashtirmoqda.

Shu kunlarda, namanganlik 75 yoshli Husan otaning prezident qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga velosipedda borayotganidan ko‘pchilikning xabari bor. Husan otaning so‘zlariga ko‘ra, Karimov uning do‘sti bo‘lgan. Albatta, uning bu safarida 60 yashar qarindoshi hamroh bo‘layapti.

Ikki nafar nafaqaxo‘rlarning harakatlarini kuzatib borgan «Voditeli Tashkenta» guruhi bobo uchun yangi velosipedga mablag‘ to‘plash taklifi bilan chiqdi. Albatta, bu fikrga hamma birdek qo‘shilmadi, ammo ko‘pchilik ozmi-ko‘pmi o‘z hissasini qo‘shgani bois, bir kun ichida 1 mln so‘mdan ortiq mablag‘ to‘plandi.

To‘plangan mablag‘larning bir qismi zardo‘zi va oddiy chopon hamda do‘ppi xarid qilishga sarflangan.

“Voditeli Tashkenta” ijtimoiy guruhi Prezident ziyoratiga borayotgan nafaqaxo‘rga hadyalar topshirdi (video)

Kecha ertalab NUZ.UZ muxbiri va «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolari Husan otani Guliston – Samarqand trassasida uchratib, toshkentliklar nomidan hadyalarni topshirishgan.

“Ko‘pchilik yo‘l-yo‘lakay taom bilan siylashdi, kimdir boshpana berdi, — deya hikoya qilgan Husan ota. — Hamma omad tilamoqda. Barchangizni Namanganga oshga taklif etaman”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqaxo‘r prezident Karimov bilan shaxsan tanish bo‘lgan. 8 sentyabr kuni ertalab u Jizzax ostonalarida edi. U, bugun yoki ertaga Samarqandda bo‘lishi kerak. Yana shu narsa ham aniqki, Husan ota kelasi haftada Toshkentda mehmon bo‘ladi.

Guruh ma’murining so‘zlariga ko‘ra, Husan ota uchun pul yig‘ish jarayon hali davom etmoqda. Kimning xohishi va imkoniyati bo‘lsa, xayrli ishga hissa qo‘shishi mumkin. Faollar to‘plangan mablag‘ga Husan otaga yangi velosiped xarid qilishmoqchi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar