Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.09.2016

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 243
Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Har gal aeroportda navbat kutar ekansan o‘z shaxsiy samolyoting bo‘lishi haqida beixtiyor xayol surasan, kishi. Samolyot kimda bo‘ladi? Milliarderlar, arab shayxlari, taniqli yulduzlar va albatta, davlat boshliqlarida. Agar prezidentlar samolyotining saloniga sayohat qilishni istasangiz, carzone.uzning navbatdagi maqolasi siz uchun.

Samolyot oddiy odam uchun transport vositasi sanalsa, prezidentlar uchun kabinet, uy, bombapanoh, boringki, shifoxona vazifasini ham o‘taydi.

Devid Kemeron samolyoti: kamtarga kamol

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Buyuk Britaniyaning bosh vaziri xizmat parvozlari uchun xos samolyotga yaqindagina etishdi. Buning uchun Airbus A330 borti yangitdan jihozlandi. Endi unga havodayoq yonilg‘i to‘ldirish mumkin.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Airbus A330 asosidagi Voyager

Samolyotda bosh vazirdan tashqari qirol oilasi a’zolari ham uchishi mumkin. Samolyot 10 mln funt sterlingga tushdi, bu 14 mln dollarga yaqin deganidir. Hukumat xos samolyot har yili 700 ming funtni tejashga yordam beradi, deya uqtirmoqda.

Bosh vazir esa samolyot qattiq tejamkorlik bilan jihozlanganligiga ishontirmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari samolyotga “Birinchi raqamli bort”, “Tarkidunyochilar borti” deb nomlashni taklif qildi.

Samolyotning old qismida ikki kresloli VIP sektsiya bor. Osuda uchish uchun darpardalar bilan bo‘lmani yopib qo‘ysa bo‘ladi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Markaziy qismida katta delegatsiyalar uchun 58 o‘rin ajratilgan.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Orqada esa yuzga yaqin ekonom-klass o‘rindiqlari bo‘lib, unda jurnalistlar o‘tiradi va Kemeronning safarlarini yoritib boradi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Bungacha hukumat xizmat uchishlarida charter kompaniyalar samolyotini ijaraga olgan.

Devid Kemeron ko‘p marta loukoster (joyni oldindan band qilish, ko‘ngilochar videopanel kabi ayrim xizmatlarni ko‘rsatmasligi sababli narxi pastroq aviatashuvchi) xizmatidan foydalangan.

2015 yilning yozida Kemeron xos soqchilari bilan birga ayoli va farzandlari bilan Portugaliyada dam olish uchun samolyotning ekonom-klassida uchgan.

16 yashar qizning selfisiga Kemeron tasodifan tushib qolgan. Bosh vazir bu vaqtda qalampirli chipslarni ishtaha bilan tushirayotgan edi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Kemeron lavozimini Tereza Meyga topshirgunga qadar bir yil davomida xos samolyotidagi pardani tushirib qo‘yib, chipslarni maza qilib oshalagan bo‘lsa kerak J.

Barak Obama samolyoti: qiyomat qo‘pganda ham…

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

“Birinchi raqamli bort” (“Air Force One”) istilohi AQShning 34-prezidenti Eyzenxauer ma’muriyati davrida qo‘llana boshlangan. Keyinchalik bu atamani boshqa mamlakatlar ham ishlatishga kirishgan.

Prezidentning Boeing VC-25 samolyoti 1990 yilda ishlab chiqarilgan Boeing 747 laynerining harbiy modifikatsiyasidir. Narxi 325 mln dollar turadi. Odatga ko‘ra prezident reysiga avtomobillar korteji va boshqa jihozlarni tashuvchi samolyot hamrohlik qiladi.

Barak Obama “Birinchi raqamli bort”da yurishga musharraf bo‘lgan to‘rtinchi prezidentdir.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Samolyot intererini sobiq prezident Ronald Reyganning xotini Nensi Reygan janubi-g‘arbiy shtatlar uslubida jihozlagan. Bundan tashqari bortda elektromagnit impulsdan himoya tizimi o‘rnatilgan.

Samolyotni tayyorlash loyihasi juda uzoq vaqtni olgan.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Prezidentning joyi samolyotning o‘rtasida. Uning bo‘lmasi ikki divanli yotoq, hojatxona, dush va shaxsiy kabinetni o‘z ichiga oladi. Jurnalistlar o‘rindig‘i samolyotning dum qismida bo‘lib, birinchi klass toifasiga mansubdir.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Ikkita oshxonada birato‘la yuz kishiga etarli taom tayyorlash mumkin. VC-25 bortida hamisha operatsiya stoli, zaruriy dori-darmonlar va albatta, shifokorlar mavjud.

Salon mehmonlar, katta xizmatchi personal, maxfiy xizmat, qo‘riqchilar va OAV vakillari uchun alohida ajratilgan.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

VC-25 er yuzasidagi barcha boshqarish punktlari yo‘q qilinganda ham ular o‘rnini bosadi hamda prezident, mudofaa vaziri va boshqa qo‘mondonlarning bosh shtabi vazifasini o‘taydi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Samolyot to‘la yonilg‘i bilan ekvatorning uchdan biriga teng masofani bosib o‘tishga qodir. Bu Vashingtondan Er yuzining istalgan nuqtasiga borish imkoniyatidir.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Vladimir Putinda naq oltita samolyot

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

RFning mansabdor shaxslari parvozini “Rossiya” Maxsus uchish otryadi ta’minlaydi. Hozirgi kunda Rossiya prezidenti va bosh vazirlariga xizmat ko‘rsatuvchi olti samolyot bor. 2018 yilda ularning soni ikkitaga oshadi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

1996 yilda prezidentning asosiy samolyoti Il-96ning modifikatsiyalangan nusxasi Il-96-300PU edi. Qisqartmaning oxiridagi PU harflari “Punkt upravlenie” (Boshqaruv pulti) ma’nosini anglatadi. Yadro urushi sodir bo‘lganda qurolli kuchlarni samolyotdan turib boshqarish mumkin.

Dastlab unda RF prezidenti Boris Eltsin uchgan. Shuningdek, V. Putin ham bir muddat foydalangan.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

1996 yildagi Il-96-300PU

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Vladimir Putinning yangi samolyoti 2003 yilda yasalgan. Bortda uch bar, ikki karavotli dam olish xonasi hamda 10 kv.mli ish kabineti bor.

2010 yilda prezident Dmitriy Medvedev aviaparkini yana 2ta Il-96-300PU samolyotiga ko‘payirish rejasini bildirdi. Biroq uning prezidentlik muddati tugagach, 2012 va 2014 yillarda samolyotlar foydalanishga topshirildi.

2013 yilning 25 aprelida aviaparkka Il-96-300PU va yirik delegatsiyalarni olib yurish uchun Il-96-300 qo‘shildi. 2018 yilning oxirigacha yana ikki dona Il-96-300PU qo‘shiladi. Har bir layner bahosi 5 mlrd rubl atrofidadir.

Oddiy samolyotlardan bu laynerlar qimmatbaho jihoz va bezaklari, zarurat tug‘ilganda maxfiy muzokaralar o‘tkazish imkonini beruvchi aloqa apparatlari bilan ajralib turadi. Qolaversa, ehtiyoj yuzaga kelsa, mamlakatning yadro kuchlarini bortdan turib boshqarsa bo‘ladi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Prezidentning yangi samolyotlaridan birining intereri

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Il-96-300PUning 2013 yildagi ko‘rinishi mana shunday edi

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Fotosuratda Vladimir Putin Uzoq Sharqdagi toshqin oqibatlarini bartaraf etishda halok bo‘lgan kichik serjant Bair Banzaraktsaevning oilasi bilan prezident samolyoti salonida. RIA Novosti fotosi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Fotosuratda Vladimir Putin Uzoq Sharqdagi toshqin oqibatlarini bartaraf etishda halok bo‘lgan kichik serjant Bair Banzaraktsaevning oilasi bilan prezident samolyoti salonida. RIA Novosti fotosi.

Fransua Ollandning samolyoti begona ayol nomida

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

2010 yilning noyabrida frantsuz prezidenti floti Airbus A330-200 samolyotini qabul qildi. Bunga 176 mln evro sarflandi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Bortda dam olish xonasi, karavot, garderob, sanuzel, ofis, oshxona, muzokara olib boriladigan tovush o‘tkazmas xona, shifrlangan maxfiy xabarlarni jo‘natuvchi uskunalar, tibbiy amaliyot xonasi, jurnalistlar va biznes-ekspertlar uchun ajratilgan joylar mavjud.

Bundan tashqari, garovdan qutqarilgan odamlarni, jumladan, yaradorlarni tashish sharoiti ham avvaldan ko‘zda tutilgan.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

2002 yilan 2010 yilgacha Airbus A319 prezidentning asosiy samolyoti bo‘lib xizmat qilgan. 2009 yilning 25 martida prezident Nikolya Sarkozi to‘rt vazir bilan Afrikaga uchayotib, samolyot dvigateli buzilganligi sababli bir soat kutishiga to‘g‘ri kelgan.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

2002-2010 yillardagi Frantsiyaning muhtasham samolyoti Airbus A319.

Bu voqeadan ko‘p o‘tmay prezidentning samolyoti almashtirildi.

Eski samolyotlar esa sotuvga qo‘yildi. Birinchisini Senegal hukumati 32 mln evroga sotib oldi, ikkinchisi esa Singapurning Genting Singapore PLC kompaniyasiga ketdi.

Frantsiyaning prezident floti tarkibida ikkita Falcon 7X samolyoti ham bor. Ularda uzoq va yaqin masofalarga uchish mumkin. Samolyot 16 yo‘lovchini sig‘diradi. “Falkon”ning afzalligi uchish yo‘lagi qisqa bo‘lganda ish berishidadir.

Nikolya Sarkozining prezidentlik davrida Falcon 7X samolyotlaridan biri uning rafiqasi Karla Bruni nomiga “Karla birinchi” deb atalgan.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Falcon 7X samolyotining intereri

Angela Merkelning “o‘yinchoq” samolyoti

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

2011 yilga qadar Germaniya rahbariyati xizmat yuzasidan parvozlarda GDRdan qolgan Airbus A310dan foydalanar edi.

2011 yilning 30 martida Lufthansa aviakompaniyasi kantsler mahkamasiga 10 yil yo‘lovchi tashigan Airbus A340 laynerini taqdim qildi. Shundan beri layner kantsler va hukumatning asosiy samolyoti bo‘lib qoldi. Samolyotga GFRning birinchi kantsleri Konrad Adenauer nomi berildi hamda hukumat ehtiyojiga moslab qaytadan jihozlandi. Germaniyaning asosiy samolyoti 143 yo‘lovchini sig‘diradi. E’tiborlisi shundaki, Barak Obamaning Boeing 747 samolyoti bilan o‘lchami deyarli teng bo‘lsa-da, undan ikki barobar ko‘p odam oladi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Garchi sarlavhada “o‘yinchoq” deb ta’rif berganmizga qaramasdan laynerda davlat rahbari uchun barcha sharoit muhayyo: yotoq, dushxona, ish kabineti, 12 kishilik konferents zal, maxfiy suhbatlar uchun tovush o‘tkazmas xona. Hamroh delegatsiyalar uchun 116 o‘rin ajratilgan.

Samolyotda imkoniyati cheklangan, kasal va yarador odamlarni ham tashish hisobga olingan.

Xavfsizlik tizimida “o‘zimniki-begona” funktsiyasi va raketadan himoya bor.

Layner to‘la bak bilan 13500 km ucha oladi. Kantsler Berlindan Pekinga, Vashington va hatto, Rio-De-Janeyrogacha borishi mumkin.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

“Konrad Adenauer”dan so‘ng hukumat shunga o‘xshash yana bir samolyot oldi. U Germaniyaning prezidenti Teodor Xoys nomi bilan atalgan.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Kantsler va hukumat a’zolari mamlakat ichida uchishi uchun ikkita Airbus 319 xizmatga shay. Har biri 44 nafardan yo‘lovchini sig‘diradi.

Yaqin masofaga esa Kanadaning Bombardier firmasi ishlab chiqargan Global 5000 kichik laynerida uchishadi. Laynercha 13 yo‘lovchini sig‘diradi. To‘xtamasdan 8900 km ucha oladi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Bombardier Global 5000 samolyotining saloni

Samolyotning mittiligi qiziq hodisaga sabab bo‘lgan. 2016 yilning iyunida internet tarmog‘ida Merkelning Bombardier Global 5000, Ollandning Falcon 7X hamda Britaniyaning Iron Maiden rok guruhiga qarashli Boeing 747-400 samolyotlarining aeroportdagi rasmi tarqaldi. Haybatli “Boing” oldida Merkel va Ollandning samolyotlari xuddi o‘yinchoqqa o‘xshardi.

Uchar saroylar yoki prezidentlar samolyoti

Shveytsariyaga Iron Maiden guruhi kontsert qo‘ygani, Merkel va Olland esa temir yo‘l tonnelining ochilishida qatnashgani kelgandi. “Hurmatli yo‘lovchilar, parvozimiz kechiktiriladi, chunki Angela Merkelning samolyoti dvigatellarimizdan biriga tiqilib qoldi”, deb qochirim qiladi tarmoq a’zolaridan biri.

anews.com sayti asosida tayyorlandi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar