Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.09.2016

Nemislardan maromiga etkazilgan avtomobil

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 101
Nemislardan maromiga etkazilgan avtomobil

Yaqinda tashkil topgan nemis kompaniyasi Sono Motors GmbH tez kunlarda Sion markasidagi elektrda harakatlanadigan kompaktvenni namoyish qilmoqchi.

Yosh kompaniya mijozga zarur bo‘ladigan barcha ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladigan maromiga etkazilgan mashinani tayyorlash jarayonida. Birinchidan, avtomobil katta sig‘imga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchidan ekologik toza va tiklanuvchi yonilg‘idan foydalanishi kerak. Eng asosiysi esa avtomobilning narxi hamyonbop bo‘lishi talab etiladi.

Nemislardan maromiga etkazilgan avtomobil

Yangi avtomobil vagonli kuzovga (katta sig‘im) va 3+3 formulasidagi posadkaga ega bo‘ladi. Energiya manbai sifatida quyosh nurlaridan foydalaniladi. Shuning uchun kompaktvenning tomiga jami 7,5 metr kvadrat kattalikdagi zaryadlash panellari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, tozalikni ta’minlash maqsadida salonda filtr ham ko‘zda tutilgan.

Elektromobil harakati 3 ta akkumulyator yordamida ta’minlanadi. Standart modifikatsiya 120 km masofa bosishga etadigan 14,4 kVt/st quvvatdagi batareyaga ega bo‘ladi. Ikkinchi 30 kVt/st quvvatdagi batareya esa avtomobilga 250 km yo‘l bosishga imkoniyat beradi. Va nihoyat eng qimmat komplektatsiyaga 50 kVt/st quvvatdagi batareya o‘rnatiladi. Top-modifikatsiyaning qancha masofa yurishiga aniqlik kiritilmagan. Ammo u 1300 kg yuk bosadigan tirkamani torta oladi. Tomga o‘rnatilgan quyosh batareyalari tufayli avtomobilning kunlik masofasi 30 kilometrga ortadi.

Nemislardan maromiga etkazilgan avtomobil

Barcha versiyalar 68 ta ot kuchiga elektromotor yordamida harakatlanadi. Barcha funktsiya va sozlamalar panel markazidagi sensorli ekrandan boshqariladi.

Nihoyat, narxga keladigan bo‘lsak, standart modifikatsiyadagi Sonos Sion 12 000 evro evaziga taklif etiladi. Elektromobil 2018 yilda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar