Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 472
«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

5 sentyabr kuni yangi — «Toshkent — Andijon» elektrlashtirilgan temiryo‘li bo‘ylab yo‘lovchi poezdlarning muntazam qatnovi boshlandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda foto- va videoxabarlar qoldirilgan, deb Daryo.uz yozmoqda.

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Potrebitel.uz» guruhida qoldirilgan xabarlarga ko‘ra, 8:05 da Toshkentdan yo‘lga chiqqan poezd 14:05 da Andijonga etib borgan. Yo‘l davomida Pop, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida to‘xtagan.

Poezd 15:25 da Andijonda yo‘lga chiqib, 21:25 da Toshkentga etib keldi. Foydalanuvchilar poezdning tezligi soatiga 112 kilometrga etganini ko‘rsatuvchi skrinshotni ilova qilgan; qayd etishlaricha, poezd yo‘lning aksariyat qismida soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlangan.

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

Foydalanuvchilar poezdning biznes-klassi salonidan fotosuratlarni ham ulashgan. Ularda qulay o‘rindiqlarni, hatto yosh bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘rinlarni ko‘rish mumkin.

Poezdda egulik va ichimliklar sotib olish mumkin, shunga qaramay, foydalanuvchilar poezdning bo‘lajak yo‘lovchilarini o‘zi bilan egulik olishga chaqirgan. Bu poezdda tamaki chekish va spirtli ichimliklar ichish taqiqlangan.

«Umuman olganda, a’lo darajadagi poezd, ajoyib sayohat!», — deb fikr bildirgan «Potrebitel.uz»ning poezd xizmatidan foydalanishga ulgurgan foydalanuvchilari.

«Potrebiteli.uz» sayti ma’lumotlariga ko‘ra, «Toshkent — Andijon» poezdining ekonom-klassi chiptalari 45 ming so‘m, biznes-klass chiptalari narxi esa 68 ming so‘mga teng. VIP-klass chiptalari narxi 130 ming so‘m to‘lash kerak.

Video

Foto

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Toshkent — Andijon» temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnovlar boshlandi (foto va video)

«Angren — Pop» elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l liniyasi orqali «Toshkent — Andijon» yo‘nalishidagi birinchi yo‘lovchi poezdi 27 avgust kuni harakatlangan edi. «Angren — Pop» elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l liniyasi orqali yuk poezdlarining o‘tishi esa 11 iyulda boshlangan. Qamchiq dovonidan o‘tgan temiryo‘l tunneli bo‘ylab harakatga esa 22 iyun kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan birgalikda start bergan edi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar