Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Shvetsiyadagi “aqlli chuqurlar” – qoidabuzarlarni jazolashning yangi usuli

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 66
Shvetsiyadagi “aqlli chuqurlar” – qoidabuzarlarni jazolashning yangi usuli

Shvetsiyaning Edeva kompaniyasi ajoyib yo‘l texnologiyasini ishlab chiqdi. Ushbu texnologiya tezlikni oshiradigan haydovchilarni yaxshigina ta’zirini berishga mo‘ljallangan. Actibump texnologiyasi yo‘lning ma’lum qismlariga o‘rnatiladigan va elektronlashtirilgan plitadan iborat. Qurilmaning asosiy xususiyati shundaki, u yo‘l qoidasi va belgilangan tezlik me’yorlariga rioya qiladigan haydovchilarni umuman bezovta qilmaydi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, yo‘lda harakatlanib kelayotgan transport vositasi agar o‘rnatilgan tezlikka amal qilsa, plita joyidan qo‘zg‘almaydi. Biroq haydovchi tezlikni oshiradigan bo‘lsa, plitaning bir tomoni pastga qarab og‘a boshlaydi, natijada qoidabuzar avtomobil suniy chuqurga tushib zararlanadi.

Avtomobil tezligi, asosan, radar yordamida o‘lchanadi, biroq kamera va induktsion sharnirli variantlar ham ko‘zda tutilgan. Tizimni, shuningdek, distantsion pult yordamida ham boshqarish mumkin. Masalan, tez tibbiy yordam yoki boshqa xizmat ulovlari o‘tganda tizimni faolsizlantirish uchun pult juda qo‘l keladi.

Kontsept mualliflarining fikricha, mazkur texnologiya ekologik jihatdan toza, shuningdek, u qoidaga amal qiladigan haydovchilarni umuman bezovta qilmaydi. Aqlli chuqurlar ayni paytda Shvetsiyaning ba’zi shaharlarida (Uppsal, Lincheping) va Oresund ko‘prigida o‘rnatilgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar