Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Chapda emas, o‘ngda yuring

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 120
Chapda emas, o‘ngda yuring

3 sentyabr Shvetsiya tarixida mashinalar qarama-qarshi tomonda harakatlanishga o‘tgan kun sifatida qolgan.

Nega avtomobillar ayrim mamlakatlarda o‘ng taraflama, boshqasida esa chap taraflama harakatlanadi? Bu savolga javob ko‘p, siz esa hammasiga ishonavermang. Sarzone.uz saytining navbatdagi maqolasi shu haqda.

Chapda emas, o‘ngda yuring

Qatnov sxemasi turlicha bo‘lgan mamlakatlar chegarasida g‘aroyib yo‘l kesishuvlarini ko‘ramiz.

O‘ng tomonlama qatnov tarafdorlarining izohiga quloq tutaylik. Ma’lum bo‘lishicha, elkasida yuki bor inson o‘ngga yurishi qulayroq, darvoqe, ot ustida o‘tirganida ham jonivor o‘ng qo‘l bilan boshqariladi. Ishonchliga o‘xshaydimi? Keling, chap taraflama harakat tarafdorlarining dalilini tinglaymiz. Jangchi qarshisidagi raqibiga hujumga shaylanar ekan qilichni o‘ng qo‘lida tutadi va tabiiyki, chap yoqdan joy oladi. Ammo yuqoridagi ikki izohga asoslanadigan bo‘lsak, frantsiyaliklar hamisha elkasida yuk ko‘tarib yurgan, inglizlar esa qarshisidan chiqqan dushmani bilan qilichbozlik qilishdan bo‘shamagan, degan xulosa yasashga to‘g‘ri keladi :).

Tarix nima deydi?

Rossiyadagi har yili 9 mayda o‘tkaziladigan G‘alaba paradini ko‘rgan bo‘lsangiz, mashinalar an’anaga ko‘ra yo‘lning o‘ng tarafidan emas, chap tarafidan harakatlanishiga e’tibor bering.

Chap taraflama harakatni angliyaliklar azaldan to‘g‘ri hisoblashadi. Ammo bu nazariya ham yuz foizlik tasdig‘ini topmagan. Buyuk Britaniyada qadimiy tosh koni aniqlangan bo‘lib, undan qaytish yo‘lining o‘ng tarafi (tosh yuklab qaytadigan tarafi) ko‘proq eyilgan edi.

Ammo ajdodlarimiz chap taraflama harakatni tanlagan taqdirda nega unda dengizchilar qoidasiga ko‘ra o‘ng taraflama harakatga amal qilinadi? Ikki kema qarama-qarshi yaqinlashganda chap bortlarini tutashtiradi (aniqrog‘i – harakat o‘ng tomonlama). Bu tartibga angliyaliklar ham amal qilishadi.

Rossiyada ham bir necha asr muqaddam o‘ng taraflama harakatlanish amalda edi. Buni 1709 yilda Daniyaning Rossiyadagi elchisi vitse-admiral Yust Yul yozib o‘tadi.

“Rossiyada odatga ko‘ra, arava va chanalar qarama-qarshi uchrashganida o‘ng tomondan yuradi. Bu yaxshi choradir, har kuni Moskvada minglab chana va aravalar uchrashadi, shunga qaramay ular to‘qnashib ketgani yoki kimdir kimnidir bosib ketganligini kam eshitasan”.

1752 yilning 5 fevralida Rossiya imperatori Elizaveta I o‘ng tomondan yurish haqidagi farmonni imzolagan. Darvoqe, unda tezlik masalasiga ham to‘xtalgan: “o‘ta tez yurilmasin”, deb yozilgan bandi bor. Angliya qonunchilari esa 1756 yilda London ko‘prigida chap tomonda harakatlanish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlashgan. Frantsiya 1789 yildan o‘ng taraflama harakatlanuvchi mamlakatga aylandi hamda shu tartibni boshqa mamlakatlar Fratsiyadan o‘zlashtirgan hisoblanadi.

Chapda emas, o‘ngda yuring

Xaritadagi qizil rang bilan ifodalangan mamlakatlarda xuddi bizdagidek yo‘lning o‘ng tomonida harakatlaniladi. Ko‘k rangdagi mamlakatlarda chap tomonlama harakatlanish amalda.

Yo‘lning narigi tarafida harakatlanamiz

Chapda emas, o‘ngda yuring

Avstraliyaga sayohatchilar tashrif buyurganda yo‘l belgilari chap tomonda harakatlanish lozimligini eslatadi.

Hozirgi kunda dunyodagi yo‘llarning 72 foizida o‘ng tomonlama harakatlanish amalda. Jahon aholisining 66 foizi yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, dunyo aholisining 34 foizi qolgan 28 foiz yo‘llarning chap tomonda harakatlanadi. “Chap” yo‘lda yuruvchi eng yirik davlatlar qatorida Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Yaponiyani sanash mumkin. Umuman olganda chapda harakatlanish dunyoning barcha qit’asida uchraydi, masalan Shimoliy Amerikadagi Yamayka va Barbados.

Nega bundayligiga hayratlanmang. Yaqindagina Britaniya imperiyasi dunyoning to‘rtdan birini egallagan edi. Britaniya imperiyasida quyosh hech botmagan. Ikkinchi jahon urushi yakun topgach, Britaniyaning aksar sobiq mustamlakalari yo‘l harakati tizimida hech narsani o‘zgartirishmadi. Shunga qaramay, mustaqillikka erishgan mustamlakalar orasida norozilik tariqasida “o‘ng”ga o‘tganlar ham bo‘ldi. Qolaversa, atrofidagi mamlakatlarning bari “o‘ng”chi bo‘lsa, chap tomonda harakatlanish noqulaylik tug‘diradi. Mozambik esa teskarisini qildi. Avval Portugaliyaning mustamlakasi bo‘lgan bu Afrika davlatida o‘ng tomonda harakatlanish amalda edi, lekin atrofini “chap”lar o‘rab olgani tufayli inglizcha harakatlanish sxemasini qabul qildi. O‘ng taraflama harakatlanuvchi Samoa 2009 yildan narigi tomonga o‘tdi, chunki mamlakatga 99 foiz avtomobil “chap” Avstraliyadan keltirilardi.

Chapda emas, o‘ngda yuring

“N kuni”da Shvetsiya ko‘chalaridagi harakatni ko‘ring.

Ammo harakatlanish tomonini o‘zgartirishning eng qizig‘i Shvetsiyada yuz berdi. 1967 yilning 3 sentyabri “N kuni” (Hogertrafik) nomi bilan tarixda qolgan. Ertalab 4:50da mamlakatning barcha yo‘llaridagi harakat to‘xtatildi, mashinalar yo‘lning nariga tarafiga o‘tdi va soat 5dan harakatlanish yana davom etdi. Stokgolm va Malmyoda 2 sentyabr kuni harakat to‘xtatilgan, chunki yo‘l belgilarini qayta o‘rnatish va yo‘l chiziqlarini qayta chizish bir kun vaqt olardi. Shu kuni yo‘ldagi alg‘ov-dalg‘ovning fotosurati saqlanib qolgan. Biroq hech qanday vahimali hodisa va halokatlar ro‘y bermagan, mashinalar tartib bilan yo‘lning narigi tarafiga o‘tib, xotirjam yurib ketgan. Shvetsiyadagi avtomobillarning ko‘pchiligi “N kuni”gachayoq chap rulli edi. O‘ng tomonlama harakatlanishga o‘tgach, Shvetsiyada ikki yil davomida avtohalokatlar kamaydi, haydovchilar yo‘l belgilariga amal qilib, tartib bilan, tegishlicha tezlikni saqlab yura boshladi.

1967 yilda Shvetsiyaning barcha radiokanallarida “O‘ngda yur, Svensson” qo‘shig‘i bot-bot yangrardi.

Rul o‘ngda bo‘lsinmi, chapdami?

Hozirgi kunda yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanuvchi avtomobillarning ruli chap tarafda joylashadi. Biroq XIX asrda va XX asr boshlarida rul salonning o‘rtasida yoki o‘ngida joylashar edi. Chunki haydovchi rulga o‘tirish uchun ko‘pincha ifloslanib yotadigan yo‘l o‘rtasiga aylanib o‘tmasdi. Ammo avtomobillar ko‘paygani sari injenerlar qarshidan kelayotgan mashinadan “hisobni olish” uchun chapdagi rul afzalroq ekanini tushunishdi. Chap rulli Ford avtomobillari esa Amerikaning boshqa avtomobilsoz kompaniyalarini ham o‘z yo‘liga sola bildi.

Chapda emas, o‘ngda yuring

Sobiq SSRIda o‘ng rulli mashina bo‘lmagan deysizmi? Mana pochtachilarning o‘ng rulli “Moskvich”i.

Sobiq Sovet Ittifoqida ham o‘ng rulli mashina ishlab chiqarilgan. “Moskvich-434P” pochtachilar uchun mo‘ljallangan. Pochtachilar uchun, bundan tashqari, o‘ng rulli “ZAZ-965S” ham bor edi. Axlat yig‘uvchi mashinaning ruli esa atay o‘ng tomonga joylashtirilgan, haydovchi uchun qulayroq.

Chapda emas, o‘ngda yuring

Parijdagi chap taraflama yo‘l.

Ayrim mamlakatlarda “noto‘g‘ri” yo‘llarni ham uchratish mumkin. Masalan, Parijning qoq markazi – Luvr va Tyuilri bog‘i o‘rtasida general Lemone ko‘chasi bo‘lib, unda yo‘l harakati angliyacha (yo‘lning chap tomonida) tashkil etilgandir.

Istisno tariqasidagi chap tomonlama yo‘l Sankt-Peterburgda ham bor. O‘zbekistonda esa yo‘q.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar