Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.09.2016

Yangilangan UAZ Patriot prototipi ko‘rsatildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 119
Yangilangan UAZ Patriot prototipi ko‘rsatildi

Avvalroq saytimizda yangilangan “UAZ Patriot” haqida tafsilotlar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Kuni kecha mazkur avtomobilning yangilangan versiyasi ommaga namoyish etildi.

AvtoVAZning matbuot xizmati ma’lumot berishicha, prevyu prototip Primore o‘lkasida qoplonlar populyatsiyasi bilan shug‘ullanadigan “Dalnevostochnыe leopard” tashkilotiga sovg‘a qilingan.

Yangilangan Patriot qora-kulrang metall rangiga bo‘yalgan. Yo‘ltanlamas 2,7 litrli, 134,6 ot kuchiga ega motor bilan ta’minlangan. Restayling model kuchaytirilgan ergonomika, qo‘shimcha shovqin izolyatsiyasi, klimat-kontrol, kruiz-kontrol, rul chambaragini isitish tizimi bilan ajralib turadi. Shuningdek, orqa qo‘prik differentsialini bloklash mexanizmi ham ko‘zda tutilgan.

Salonga multimedia tizimi, sensorli ekran, orqa tomonni ko‘rsatadigan kamera, old va orqa parkovka datchiklari hamda ko‘p funktsiyali rul o‘rnatilgan.

Avvalroq UAZ butun atrofni ko‘rsatadigan elektron tizim bilan ta’minlangan Patriot modelining sinov versiyasini namoyish qilgan edi. Yangi modelda esa butun atrofni ko‘rsatadigan kamera va  xavfsiz parkovka uchun ultratovushli datchiklar birga ko‘llanilgan.

Shuningdek, harakat vaqtida avtomobil joriy qatordan chiqqanda yoki oldinda to‘siq mavjud bo‘lganda ogohlantiradigan  ADAS-kameralari ham ko‘zda tutilgan. Keyingi UAZ Patriot modellarida to‘rt kamerali ADAS videoregistratorlarini o‘rnatish, yo‘l belgilarini avtomatik tarzda taniydigan tizimni qo‘llash, uzoq va yaqinni yoritishni avtomatlashtirish hamda dinamik parking chiziqlarini ishga solish rejalashtirilgan.

Yangilangan UAZ Patriot prototipi ko‘rsatildi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar