Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.09.2016

Mazda Rossiyada motor ishlab chiqaradi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 70
Mazda Rossiyada motor ishlab chiqaradi

Yaponiyaning Mazda kompaniyasi Rossiya sanoat va savdo vazirligi bilan yiliga 50 ming dona dvigatel ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. “Mazda Sollers Manufekchuring Rus” kompaniyasi Rossiya hududida amalga oshiriladigan ushbu loyihaga 2 mlrd rubl miqdorida sarmoya kiritadi.

Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, kompaniya yangilangan Mazda6 va Mazda CX-5 avtomobillarining yangi modellari, shuningdek, Mazda SkyActiv-G dvigatellarini Rossiya Federatsiyasida tayyorlash majburiyatini olgan. Loyiha doirasida 609 ta yangi ish o‘rinlari tashkillashtiriladi. Rossiya sanoat va savdo vazirligi esa ishlab chiqarish va biznes yuritish uchun yapon kompaniyasiga zarur shart-sharoitlarni ta’minlab beradi.

Mazda avtomobillari Vladivostokdagi zavodda 2012 yildan beri tayyorlanmoqda. Zavod konveyeridan chiqqan ilk model Mazda CX-5 bo‘lgan, keyinchalik zavodda yana Mazda6 flagman avtomobilini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda mazkur zavodda Mazda CX-5 krossoveri Drive, Active, Active+ va Supreme komplektatsiyalarida 9 ta rangda tayyorlanadi. Krossoverlarga 2,0 va 2,5 litrli benzin yoki 2,2 litrli dizel motorlar o‘rnatilgan. Mazda6 sedan kuzovida va Drive, Active, Supreme va Supreme Plus komplektatsiyalarida ishlab chiqariladi. Sedan 2,0 va 2,5 litr hajmdagi benzinli dvigatellar bilan ta’minlangan. 2015 yil natijalariga asosan ushbu zavodda 24 185 ta Mazda avtomobillari tayyorlangan.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Mazda

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar