Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.09.2016

Pininfarina vodorodda harakatlanadigan superkar ishlab chiqaradi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 83
Pininfarina vodorodda harakatlanadigan superkar ishlab chiqaradi

Mashhur Pininfarina atelesi shu yilning mart oyida Jeneva avtosalonida H2 Speed nomli vodorodda harakatlanadigan superkarni namoyish qilgan edi. Kompaniya superkarni seriyali ishlab chiqarishga tayyorlamoqda. Hozircha kompaniya mazkur dunyodagi ilk vodorodli avtomobilni faqat buyurtma asosida 10 dona tayyorlashni rejalashtirgan. Har bir avtomobil 2,5 million dollarga baholangan.

Pininfarina H2 Speed 2009 yildan boshlab vodorodli GreenGT H2 superkari ustida ish boshlagan Shveytsariya firmasi GreenGT’ning loyihasi asosida ishlab chiqarilgan. GreenGT H2 debyuti La-Man shahrida o‘tkaziladigan 24-soatli marafonda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq poygaga yaqin qolganda Shveytsariya firmasi unda qatnashishdan rad etgan.

Pininfarina vodorodda harakatlanadigan superkar ishlab chiqaradi

Keyinchalik Pininfarina atelesi mazkur superkarni takomillashtirishga qaror qilgan. Jumladan, superkar uchun butunlay yangi kuzov yaratiladi, motor qo‘rsatkichlari kuchaytiriladi. Masalan, avtomobilga 700 bar bosimni ko‘tara oladigan  yangi vodorod baklari va kuchli generator o‘rnatilgan.

Superkarning uzunligi 4,7 metr, kengligi – 2 metr, og‘irligi esa 1420 kilogramm. Model jami 503 ta ot kuchiga ega ikkita elektromotor bilan ta’minlangan. Pininfarina H2 Speed 100 km/st tezlikka 3,4 soniyada, 200 km/st tezlikka esa 11 soniya erisha oladi. Maksimum tezligi – 300 km/st.

Yonilg‘i bakini vodorod bilan to‘liq to‘ldirish uchun 3 daqiqa sarflanadi.

Tayyorlanadigan partiyadagi 10 ta avtomobil faqat poyga treklarida harakatlanishga mo‘ljallanadi. Superkarning standart versiyalari qachon ishlab chiqarilishi haqida hali ma’lumot mavjud emas.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar