Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.09.2016

O‘ziyurar traktor: qishloq xo‘jaligida yangi texnologiya (Video)

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 321
O‘ziyurar traktor: qishloq xo‘jaligida yangi texnologiya (Video)

Shubhasiz, traktorlar katta hududdagi erlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashib, o‘z davrida qishloq xo‘jaligida juda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. 1920 yildan beri traktorlar insonlarga beminnat yordamchi bo‘lib kelgan. Endilikda esa avtonom navigatorlar orqali butunlay o‘zi mustaqil harakatlanadigan traktor ixtiro qilinmoqda.

Case IH Autonomous Concept Vehicle – avtonom harakatlanadigan traktor. Rul o‘rniga unga distantsion boshqaruv paneli, avtonom harakatlanish tizimi va ish rejimi ko‘rsatkichlarini hisoblaydigan datchiklar o‘rnatilgan. Bahaybat ko‘rinishiga qaramasdan traktor ancha aniq ishlaydi, oldindagi to‘siq yoki yuzaga kelgan nosozlik to‘g‘risida operatorni ogohlantira oladi.

Albatta, bu traktor mazkur sohadagi birinchi kontsept emas. Autonomous Tractor Corporation kompaniyasi 2011 yilda mexanik tarzda harakatlanadigan traktorlarga avtopilotli tizimni o‘rnatgan edi. Bunday kashfiyotdan ko‘zlangan maqsad, shubhasiz, fermer xo‘jaligini to‘liq avtomatlashtirish hamda fermerlarni bir vaqtda bir nechta qurilmalarni boshqarishga o‘rgatishdir. Ushbu texnologiyalar orqali fermer xo‘jaligining samaradorligi sezilarli darajada oshirish mumkin.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar